“Nomaqbul” xorijlik: Rossiya IIV qoidalarga o‘zgartirish kiritmoqchi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovEmblema na forme sotrudnika politsii.
Emblema na forme sotrudnika politsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyada chet elliklarni nomaqbul deb tan olish qoidalarini o‘zgartirish taklif qilindi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Rossiya IIV xorijliklarni nomaqbul deb tan olish qoidalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet elliklarni nomaqbul deb tan olish qoidalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda: xususan, ularning rossiyalik qarindoshlari bor-yo‘qligini hisobga olish taklif etilyapti - hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari federal portalida e’lon qilindi.
“Mamlakatda bo‘lishning nomaqbulligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun materiallarni tayyorlashda: ... chet el fuqarosida Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan oila a’zolari borligi aniqlanadi”, - deyilgan hujjatda.
Shu o‘rinda loyihada oilaning mavjudligi IIV qaroriga qanday ta’sir qilishi aytilmagan.
Shuningdek, chet el fuqarosining o‘zi migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish axborot tizimi va chet elliklarni ro‘yxatga olish markaziy ma’lumotlar banki tomonidan tekshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Avvalgi qoidalarida fuqaroning mamlakatda bo‘lish istalmaganligi to‘g‘risidagi qaror chet el fuqarosi tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinishi ko‘rsatilgan. Yangi loyihada vaqt belgilanmagan.
Amaldagi qoidalarda oilaning mavjudligi, chet el fuqarosiga nisbatan ilgari qabul qilingan nomaqbullik to‘g‘risidagi qarorlar qayd etilmagan.
Amaldagi qonunga ko‘ra, Rossiya hududida noqonuniy bo‘lgan, shuningdek, agar uning mamlakatda bo‘lishi "davlat xavfsizligiga, jamoat tartibiga yoki aholi salomatligiga tahdid tug‘dirsa” bunday chet el fuqarosi "nomaqbul" deb topilishi mumkin. “Nomaqbul” deb e’lon qilish uchun yana bir asos - “konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, boshqa shaxslarning ahloqi, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish”.
Yangiliklar lentasi
0