https://oz.sputniknews.uz/20220202/koronavirus-opka-ichiga-kirib-olish-xususiyatini-yoqotdi---popova---22504978.html
Koronavirus o‘pka ichiga kirib olish xususiyatini yo‘qotdi - Popova
Koronavirus o‘pka ichiga kirib olish xususiyatini yo‘qotdi - Popova
Sputnik O‘zbekiston
Omikron faqat yuqori nafas olish yo‘llariga zarar yetkazmoqda, u o‘pka to‘qimalari ichiga kirib olish xususiyatini yo‘qotdi - Popova
2022-02-02T16:20+0500
2022-02-02T16:20+0500
2023-04-05T18:36+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
omikron shtammi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/18/15673583_56:0:1412:763_1920x0_80_0_0_bd732d33dc09c98cb7817c3e0080a043.png
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Koronavirus o‘pka to‘qimasi ichiga kirib olish xususiyatnin yo‘qotdi, hozir u faqat yuqori nafas olish yo‘llariga ta’sir qilmoqda, dedi Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova. Rossiya bosh sanitar shifokori aytishiga ko‘ra, omikron-shtammi aksariyat hollarda yuqori nafas olish yo‘llarida ushlanib qoladi. Traxeit va bolalarda bronxit kasalligi keltirib chiqaradi. Oldingi shtammlar kabi kasallikning og‘ir oqibatlari keltirib chiqarmaydi. Lekin yangi shtamm paydo bo‘lganiga hali ko‘p bo‘lmadi, shu sababli uning salbiy asoratlari hali to‘liq o‘rganilmagan dedi Popova. Shu sababli kasallikning oldini olishga harakat qilish kerak. Eslatib o‘tamiz, omikron shtamm ilk bor Janubiy Afrikada noyabr oyida aniqlangan edi. Bugungi kunda u dunyoda eng keng tarqalgan shtammga aylangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/18/15673583_244:0:1261:763_1920x0_80_0_0_fa94b9c5d974d47d7064f4ecb983453e.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
omikron o‘pkaga zarari
Koronavirus o‘pka ichiga kirib olish xususiyatini yo‘qotdi - Popova
16:20 02.02.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Omikron og‘ir oqibatlarga olib kelmasada, uning asoratlari hozircha to‘liq o‘rganilgani yo‘q, shu sababli imkon qadar kasallikni oldini olishga harakat qilish kerak - Popova.
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Koronavirus o‘pka to‘qimasi ichiga kirib olish xususiyatnin yo‘qotdi, hozir u faqat yuqori nafas olish yo‘llariga ta’sir qilmoqda, dedi Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova.
"Virus doim o‘zgarib turadi bu uning xususiyati<...>. U har doim inson organizmiga moslashish uchun eng yaxshi forma qidiradi. Ana shu eng qulay shakl, aminokislotalar tarkibini qidiruv davomida koronavirus o‘zining retseptorlaridan birini yo‘qotdi. Aynan o‘sha retseptor inson o‘pkasi to‘qimasi ichiga kirib olishda yordam berar edi" , - dedi Popova.
Rossiya bosh sanitar shifokori aytishiga ko‘ra, omikron-shtammi aksariyat hollarda yuqori nafas olish yo‘llarida ushlanib qoladi. Traxeit va bolalarda bronxit kasalligi keltirib chiqaradi.
Oldingi shtammlar kabi kasallikning og‘ir oqibatlari keltirib chiqarmaydi. Lekin yangi shtamm paydo bo‘lganiga hali ko‘p bo‘lmadi, shu sababli uning salbiy asoratlari hali to‘liq o‘rganilmagan dedi Popova. Shu sababli kasallikning oldini olishga harakat qilish kerak.
Eslatib o‘tamiz, omikron shtamm ilk bor Janubiy Afrikada noyabr oyida aniqlangan edi. Bugungi kunda u dunyoda eng keng tarqalgan shtammga aylangan.