Emlanishi kerak bo‘lganlarning 90 foizdan ziyodi vaksinaning birinchi dozasini oldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaksinatsiya v Tashkente
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 8,1 milliondan ziyod kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlanib bo‘lgan.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 42,1 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
19,3 milliondan ortiq kishi vaksinaning birinchi, 14,6 milliondan ziyod kishi ikkinchi, 8,1 milliondan ortiq kishi uchinchi dozasini olishga ulgurgan.
Emlanishi rejalashtirilgan aholining 90,2 foizi vaksinaning birinchi dozasini bilan emlangan. 68,8 foizi esa to‘liq emlangan.
Toshkent viloyatida “Sputnik Layt” vaksinasidan buster doza sifatida foydalanilmoqda
Bundan tashqari, 1-fevral holatiga ko‘ra, mamlakatda 745 894 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar kovidga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC 2001, "Sputnik V", AstraZeneca, Moderna, Pfizer/BioNTech, CoronaVac vaksinalaridan foydalanilmoqda. Qolaversa, koronavirusga qarshi qo‘shimcha (buster) doza bilan emlashda Rossiyaning “Sputnik Layt” vaksinasidan ham foydalanilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0