Bo‘stonliq tumanini qanday o‘zgarishlar kutapti

© Sputnik / Anna JelixovskayaOtdixayushie na plyaje Charvakskogo vodoxranilisha pitayutsya nasladitsya poslednimi pogojimi dnyami uxodashego leta
Otdixayushie na plyaje Charvakskogo vodoxranilisha pitayutsya nasladitsya poslednimi pogojimi dnyami uxodashego leta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2022
Obuna bo‘lish
Turizm vazirligi Bo‘stonliq hududini rivojlantirish loyihasi tafsilotlarini ma’lum qildi. Loyiha hududni xalqaro kurortga aylantirishi mumkin.
TOShKENT, 2 fev – Sputnik. Turizm va sport vazirligi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanini kompleks rivojlantirish loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, Bo‘stonliq tumani xalqaro miqyosdagi kurort va turistlar oqimini jalb qiladigan yana bir muhim obyektga aylanadi.
Hududda 120 ta tarixiy-madaniy meros obyektlari mavjud. Bundan tashqari, YuNESKOning Butunjahon biosfera qo‘riqxonasi tarmog‘iga kiruvchi ikkita biosfera qo‘riqxonasi bor.
Loyiha doirasida Bo‘stonliqda jamoat joylari tizimi – istirohat bog‘lari, xiyobonlar, qirg‘oqlar, velosiped yo‘laklari yaratiladi. Inshootlar esa tog‘li aholi punktlarining an’anaviy arxitekturasini hisobga olgan holda quriladi.

Chorvoq darvozasi

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, loyihani yaratishda Bo‘stonliq hududi 1,5 yil davomida batafsil o‘rganilgan. O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, xalq orasida “bochka” nomi bilan mashhur asosiy transport chorrahasi hududida qadimiy qal’a darvozalari joylashgan.
Shu bois “Chorvoq” turistik zonasi direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Suna Parkning ta’kidlashicha, mazkur joyni “Chorvoq darvozasi” deya nomlashga qaror qilingan.
Shu kunga qadar mutaxassislar tomonidan Chorvoq zonasi tarkibidagi ikkita tajriba hududi: “Chorvok darvozasi: Janubiy Hojikent” va Yusufxona qishlog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bosh reja va konsepsiyalar ishlab chiqildi.
Konsepsiyalar ustidan Bobur Qilichev boshchiligidagi o‘zbekistonlik me’morlar jamoasi ish olib borgan. Loyiha konsepsiyasiga Rossiyaning “Novaya Zemlya” dizayn va konsalting kompaniyasi konsultant sifatida jalb qilingan. Kompaniya shahar va hududlarni rivojlantirish sohasidagi yetakchi ekspert tashkilot hisoblanadi.
“Hududga mahalliy sayyohlar tashrif buyurishiga qaramay, bu joyning go‘zalligi va o‘ziga xosligi, boy tabiati, madaniyati va tarixini kashf qilish imkoniga ega bo‘lganlar kam. Shuning uchun biz odamlar uchun dam olish va sog‘lomlashtirish komplekslarida, transport tizimlaridan tortib, parklar va velosiped yo‘llarida qulay sharoitlarni yaratmoqchimiz”,- deydi Suna Park.
Uning so‘zlariga ko‘ra, direksiya ekoturizm va yashil hududlarni barqaror rivojlantirish borasida xalqaro tajribani batafsil o‘rgangan. Shu bilan birga, mutaxassislar jamoat joylari tizimini yaratish uchun Tatariston Respublikasi metodologiyasidan foydalangan.
Uning mazmun-mohiyati jamoatchilikni loyihalash jarayoniga maksimal jalb etishda. Parklar, xiyobonlar, maydonlar - barchasi nafaqat go‘zal, balki odamlar uchun ham qulay bo‘lishi kerak deydi vazirlik vakillari.

Zamonaviy qishloq

Loyihaning yana bir asosiy maqsadi - Bo‘stonliqning noyob tabiiy salohiyatini saqlab qolish.
“ Bu yerda ekokarkas yaratiladi, – deydi Abduhakimov, – past uglerodli transport vositalaridan foydalanamiz”.
Ekokarkas - rivojlanmagan va asfaltlanmagan, o‘simliklar bilan qoplangan maydonlar.
Shuningdek, vazir mutaxassislarning an’anaviy arxitekturaga alohida e’tibor qaratganini ta’kidlab o‘tdi. Ya’ni “Chorvok darvozasi: Janubiy Hojikent” hududida “an’anaviy tog‘ qishlog‘ining zamonaviy qiyofasi” yaratiladi.
Arxitektura burosi rahbari Bobur Qilichevning so‘zlariga ko‘ra, konsepsiyada an’anaviy tog‘ arxitekturasining madaniy-tarixiy elementlari o‘z aksini topgan. Xususan, tabiiy materiallar: tosh, yog‘och, saman shtukaturkasidan foydalangan holda klassik pardoz berishda foydalaniladi
“Asosiy g‘oyamiz - bir-biri bilan zich qurilgan, pastqam binolar va ayvonchalar yordamida an’anaviy tog‘ qishlog‘i qiyofasini qayta tiklash. Yusufxona qishlog‘i hududi yanada zamonaviylashadi”, - deydi Bobur Qilichev.
Qilichev, maydon birinchi navbatda piyodalar uchun mo‘ljallanganligini ta’kidladi. Avtoulovlar uchun esa vaqtinchalik bepul uchun parkovkalar yaratish rejasi ishlab chiqiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bo‘stonliq ko‘plab mavsumiy darolar va sel oqimlari xos.
Darolar, shuningdek, butun qirg‘oq bo‘ylab, tog‘li hududga mos keladigan daraxtlarning yashil karkasini yaratishni tavsiya qildik. U asosiy piyoda chiziqlarini tashkil qiladi”, - deydi mutaxassis.

Chiqindilar masalasi

So‘nggi yillarda tumanda rivojlanish bilan birgalikda qator muammolar ham yuzaga kelgan. Masalan, tartibsiz qurilishlar, arzon mehmonxonalarning yo‘qligi va dam oluvchilarning ekologik madaniyatining yuqori emasligi kabi. Mutaxassislar bular haqida ham loyiha taqdimotida ta’kidlab o‘tishdi.
Shu sababli, chiqindilar muammolarini hal etish va mahalliy aholining ekologik madaniyatini oshirish loyihani ishlab chiqishda alohida masala bo‘lgan. Masalan, betarbib rivojlanish o‘z-o‘zidan qurilish chiqindilarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bugungi kunda o‘nta mana shunday chiqindilar uyumi bor. Albatta, ularning barchasi yo‘q qilinadi.
“Hozir Bo‘stonliq hududida bitta vaqtinchalik qurilish poligonini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz. Albatta, ekologlar va boshqa ekspertlar xulosasiga ko‘ra ma’qul bo‘ladigan joyda”, — dedi Suna Park.
Shuningdek, mutaxassis jismoniy va yuridik shaxslarga qattiq maishiy chiqindilarni chiqarib tashlash, shu jumladan, borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarga olib chiqish bo‘yicha xizmatlar qamrovini oshirish zarurligini qo‘shimcha qildi. Jumladan, mutaxassislar tomonidan chiqindi qutilari, ijtimoiy reklama, taqiqlovchi va ogohlantiruvchi belgilarni o‘rnatishning maxsus algoritmi ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, tumanda jamoat piknik-zonalari paydo bo‘ladi. Zonalarning tajriba varianti shu yilning bahor oyida taqdim etiladi.
Turizm va sport vazirligida shuningdek “Chimon” ya’ni barcha mavsumga xos, xalqaro kurortga aylanadigan dam olish zonasi loyihasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Loyihaning muhim yangiligi - osma dor yo‘li. Rejalarga ko‘ra, “Chimon” dam olish zonasidagi kanat yo‘li Markaziy Osiyodagi eng baland kanat yo‘li bo‘ladi. Uning balandligi 3 309 metrni tashkil etadi.
Dam olish obyekti yil bo‘yi faoliyat ko‘rsatishi sababli, ko‘ngilochar maskanlarlarning turi ham barcha mavsumlarga xos bo‘ladi. Kurortda 20 dan ortiq ekstremal sport, ot minish, poyga, chang‘i sporti va boshqa turdagi ko‘ngilochar markazlarni yaratish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid:

Toshkent viloyati yangi Kapadokiya bo‘la oladimi – foto
Chorvoq suv ombori hududi atrofidagi o‘simliklar himoyaga olinadi
Har bir sayyoh ko‘rishi kerak bo‘lgan O‘zbekistonning 10ta eng yaxshi manzili
Yangiliklar lentasi
0