Toshkentda Inson qadri indeksini joriy etish taklif qilindi

Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna bo‘lish
Inson taraqqiyoti indeksi - aholining hayot sifati, savodxonlik darajasi va umri davomiyligini qiyosiy baholaydigan ko‘rsatkich.
TOShKENT, 1 fev - Sputnik. Toshkentda inson qadri indeksi joyi etiladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan loyihalar taqdimotida ma’lum bo‘ldi.
Toshkentning Chilonzor, Uchtepa, Sergeli va Yunusobod tumanlaridan bittadan mahalla tanlab olinib, aholi o‘rtasida 56 xil masala bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilgan. Bu orqali mahallada qaysi soha oqsayotgani, odamlarda nimalarga talab borligi aniqlangan.
Kelajakda ana shunday tahlilni sinov tariqasida poytaxtning barcha mahallalarida yo‘lga qo‘yish, uning natijalariga qarab, muayan hududga e’tiborni kuchaytirish taklifi bildirildi.
Prezident ushbu taklifni amalga oshirishda olti oylik yoki bir yillik maqsadlarni aniqlab olish, shahar hokimligida situatsion, tahliliy markaz tashkil qilish va dasturiy mahsulot yaratish zarurligini aytdi.
Shuningdek, mahallabay ishlash oson emasligini va bu ishni jamotchilik bilan maslahatlashib amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
Undan tashqari, Indeks loyihasini mutaxassislar bilan muhokama qilish va sektor rahbarlariga ham uni o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ma’lumki, dunyoda Inson taraqqiyoti indeksi bor. U aholining hayot sifati, savodxonlik darajasi va umri davomiyligini qiyosiy baholaydigan ko‘rsatkichdir. Bu O‘zbekiston prezidenti taklif qilgan “inson qadrini ulug‘lash” g‘oyasi bilan hamohang, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0