https://oz.sputniknews.uz/20220201/sherzodxon-qudratxoja-ozeoavma-rahbari-boldi-22479962.html
Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zEOAVMA rahbari bo‘ldi
Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zEOAVMA rahbari bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Qudratxo‘ja Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov o‘z xohishiga ko‘ra ketgan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi bo‘ldi.
2022-02-01T12:27+0500
2022-02-01T12:27+0500
2022-02-01T12:27+0500
siyosat
firdavs abduxoliqov
sherzodxon qudratxo‘ja
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1324/61/13246128_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_2504f25eeeb9a5e13640506bffb57ed9.jpg
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li Qudratxo‘ja O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) Boshqaruv raisi lavozimiga saylandi.Bu haqda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi a’zolarining umumiy yig‘ilishida ma’lum bo‘lgan.UzReport xabariga ko‘ra, Kinematografiya agentligi bosh direktori, Assotsiatsiya raisi Firdavs Abduxoliqov yig‘ilishda o‘z lavozimidan ozod etishni so‘radi. Bir ovozdan ariza qoniqtirilib, u lavozimidan ozod etilgan.Abduxoliqov o‘rniga Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori va Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja saylangan.Firdavs Abduxoliqov atrofidagi mojarolarAvvalroq ijtimoiy tarmoqda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va “Sevimli” telekanali o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tarqalgan edi."Sevimli" telekanali bosh direktori vazifasidan ozod etildiKorrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi va natijalarini ma’lum qildi.O‘rganish natijalariga ko‘ra, Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablag‘larining taqsimlanishida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan."Sabriya" seriali bo‘yicha o‘tkazilgan ekspertiza natijalari e’lon qilindi“Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F.Abduxoliqov yaqin qarindoshlari ta’sischiligidagi MChJning manfaatlarini ko‘zlab, davlat budjetidan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larining ajratilishiga erishib, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan”, - deyilgan edi xabarda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1324/61/13246128_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_25e649c3123724350132683231dfb2cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sherzodxon qudratxo‘ja o‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi o‘zeoavma kinematografiya agentligi bosh direktori firdavs abduxoliqov mojaro sevimli sabriya seriali
sherzodxon qudratxo‘ja o‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi o‘zeoavma kinematografiya agentligi bosh direktori firdavs abduxoliqov mojaro sevimli sabriya seriali
Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zEOAVMA rahbari bo‘ldi
Qudratxo‘ja Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov o‘z xohishiga ko‘ra ketgan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi bo‘ldi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li Qudratxo‘ja O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) Boshqaruv raisi lavozimiga
saylandi. Bu haqda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi a’zolarining umumiy yig‘ilishida ma’lum bo‘lgan.
UzReport
xabariga ko‘ra, Kinematografiya agentligi bosh direktori, Assotsiatsiya raisi Firdavs Abduxoliqov yig‘ilishda o‘z lavozimidan ozod etishni so‘radi. Bir ovozdan ariza qoniqtirilib, u lavozimidan ozod etilgan.
Abduxoliqov o‘rniga Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori va Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja saylangan.
Firdavs Abduxoliqov atrofidagi mojarolar
Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va “Sevimli” telekanali o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tarqalgan edi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi va natijalarini ma’lum qildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablag‘larining taqsimlanishida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
“Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F.Abduxoliqov yaqin qarindoshlari ta’sischiligidagi MChJning manfaatlarini ko‘zlab, davlat budjetidan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larining ajratilishiga erishib, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan”, - deyilgan edi
xabarda.