Pornografiya va behayolik: ikki mingdan ortiq qonunbuzarlik holati aniqlandi

CC0 / Unsplash / NordWood ThemesMujchina derjit v rukax mobilniy telefon
Mujchina derjit v rukax mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna bo‘lish
Milliy domen makonidagi 289ta veb-saytda pornografiya, 91ta veb-saytda esa behayolik aniqlandi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, Qo‘mita ekspertlari, doimiy komissiyalar raislari, Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
“Birgina 2021-yilning dekabr holatiga ko‘ra milliy domen makonidagi 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma’naviy buzuqlik targ‘ibotiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlangan bo‘lib, 2097 ta qonunbuzarlik holati qayd etilgan”, - deyilgan xabarda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda “Facebook”da 4,7 mln, “Instagram” da 3,7 mln, “Linkedln”da 288 ming, “Telegram”da 18 mln, “Odnoklassniki”da 16,7 mln, “Twitter”da 51,6 ming va “V-kontakte”da 2,6 mln foydalanuvchilar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qilmoqda.
Senat xabarida yozilishicha, keyingi vaqtlarda butunjahon Internet tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot materiallarini berib borish, bolalarni Internetdagi turli axborot xurujlaridan himoyalashga qaratilgan elektron shaklda illyustratsiya qo‘llanmalari yaratish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmagan.
“Vikipediya” platformasida O‘zbekiston haqida ma’lumotlar kamligi yoki eskiligi, ommabop onlayn platformalarda mamlakatimiz haqida sifatli formatdagi tarixiy kino va badiiy filmlar yetishmasligi tufayli yoshlar va voyaga yetmaganlarning ma’naviyatga zid turli xorijiy kontentlarga qiziqishi tobora ortmoqda.
Yangiliklar lentasi
0