https://oz.sputniknews.uz/20220201/ozbekistonlik-yosh-shaxmatchi-fide-sport-ustasi-unvoniga-sazovor-boldi-22479129.html
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi FIDE sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi FIDE sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning yosh va iqtidorli shaxmatchilaridan biri Humoyun Bekmurodov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi.
2022-02-01T11:27+0500
2022-02-01T11:27+0500
2022-02-01T11:27+0500
sport
shaxmat
humoyun bekmurodov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/01/22478928_0:10:1300:741_1920x0_80_0_0_2fa0e8a4ff0e2ac3a71bf500224dc21d.jpg
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonning yosh va iqtidorli shaxmatchilaridan biri Humoyun Bekmurodov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi.Turizm va sport vazirligi xabariga ko‘ra, 2010-yilda tug‘ilgan Bekmurodov shu kunga qadar o‘smirlar o‘rtasidagi ko‘plab musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan. 2020-yilda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionatida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va “Spark” mashinasi bilan taqdirlangan.Qayd etish joizki, 2016-yilda 6 yoshli Humoyun Bekmurodov sport ustaligiga nomzod bo‘lgan dunyodagi eng yosh shaxmatchiga aylangan edi."Sen 6 yoshu 5 oyligingda sport ustaligiga dunyodagi eng yosh nomzod bo‘lib, shaxmatning yangi rekordini o‘rnatding", — deb yozilgan edi Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Kirsan Ilyumjinovning imzosi chekilgan tabrik maktubida.Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni bo‘ldi – video
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/01/22478928_132:0:1255:842_1920x0_80_0_0_6481d2604c3c6441426790bf4fa0d4f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
humoyun bekmurodov shaxmat xalqaro shaxmat federatsiyasi fide sport ustasi unvon
humoyun bekmurodov shaxmat xalqaro shaxmat federatsiyasi fide sport ustasi unvon
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi FIDE sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi
Humoyun Bekmurodov Xalqaro shaxmat federatsiyasi sport ustasi unvoniga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonning yosh va iqtidorli shaxmatchilaridan biri Humoyun Bekmurodov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) sport ustasi unvoniga
sazovor bo‘ldi. Turizm va sport vazirligi
xabariga ko‘ra, 2010-yilda tug‘ilgan Bekmurodov shu kunga qadar o‘smirlar o‘rtasidagi ko‘plab musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan. 2020-yilda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionatida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va “Spark” mashinasi bilan taqdirlangan.
Qayd etish joizki, 2016-yilda 6 yoshli Humoyun Bekmurodov sport ustaligiga nomzod bo‘lgan dunyodagi eng yosh shaxmatchiga aylangan edi.
"Sen 6 yoshu 5 oyligingda sport ustaligiga dunyodagi eng yosh nomzod bo‘lib, shaxmatning yangi rekordini o‘rnatding", — deb yozilgan edi Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Kirsan Ilyumjinovning imzosi chekilgan tabrik maktubida.