Moskvaga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaBoing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Airways Moskvaga qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Uzbekistan Airways Moskvaga qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
Uzbekistan Airways 6-fevraldan boshlab Moskvaga Toshkent, Nukus, Urganch va Termiz shaharlaridan qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar haftasiga uch marotaba - yakshanba, dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Nukus - Moskva - Nukus yo‘nalishidagi qatnovlar yakshanba, Urganch - Moskva - Urganch payshanba, Termiz - Moskva - Termiz yo‘nalishida parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0