Futbol. O‘zbekiston - Yangi Zelandiya o‘yini bekor qilindi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston - Yangi Zelandiya o‘rtoqlik uchrashuvi Dubayda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Raqib jamoaning biryo‘la 12 futbolchisida koronavirus aniqlangan.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Yangi Zelandiya jamoasining 12 futbolchisida o‘yinoldi tekshiruvda koronavirus aniqlangan. Raqib jamoa vakillari bunday holatda o‘ynay olmasliklari, murabbiy esa tarkib shakllantirish uchun yetarlicha futbolchilarga ega emasligini aytgan.
“O‘z navbatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham futbolchilar salomatligi ustuvor hisoblanadi. Natijada tomonlar bugungi o‘yinni qoldirishga qaror qilishdi”, - deyilgan xabarda.
Shomurodovdan dubl: O‘zbekiston Janubiy Sudanni yirik hisobda mag‘lub etdi - video
FIFA kunlarida doirasidagi O‘zbekiston - Yangi Zelandiya o‘rtoqlik uchrashuvi 1-fevral kuni Dubayda bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Yangiliklar lentasi
0