Firdavs Abduxoliqovga nisbatan ma’muriy ish ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPredsedatel "Uzbekkino" Firdavs Abduxalikov
Predsedatel Uzbekkino Firdavs Abduxalikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2022
Obuna bo‘lish
Kinematografiya agentligi bosh direktoriga qarshi davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish moddasi bilan ma’muriy ish ochilgan.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov o‘z oila a’zolariga tegishli telekanalga davlat buyurtmalarini bergani yuzasidan ma’muriy ish ochildi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim etgan hujjatlar Bosh prokuratura tomonidan o‘rganib chiqilgan va Firdavs Abduxoliqovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan.

Abduxoliqovga nisbatan MJtKning 175−8-moddasi 4-qismi (Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan ish ochilgan. Bu modda bilan Kinematografiya agentligi bosh direktori BHMning 20 baravaridan (5,4 mln so‘m) 30 baravarigacha (8,1 mln so‘m) miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Bosh prokuratura hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor sudiga yuborgan. Bu ishni 2-fevral kuni ko‘rib chiqish belgilangan.
Avvalroq Firdavs Abduholiqov O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy Assotsiatsiyasi boshqaruv raisi lavozimidan o‘z xohishi bilan ketgan edi. Uning o‘rniga O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja assotsiatsiya rahbari etib saylandi.

Firdavs Abduxoliqov atrofidagi mojarolar

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va “Sevimli” telekanali o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tarqalgan edi.
Kinematografiya agentligi va “Sevimli” o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi tasdiqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi va natijalarini ma’lum qildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablag‘larining taqsimlanishida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
"Sabriya" seriali bo‘yicha o‘tkazilgan ekspertiza natijalari e’lon qilindi
“Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F.Abduxoliqov yaqin qarindoshlari ta’sischiligidagi MChJning manfaatlarini ko‘zlab, davlat budjetidan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larining ajratilishiga erishib, qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan”, - deyilgan edi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0