https://oz.sputniknews.uz/20220201/bosh-prokuratura-qizini-ayiq-qafasiga-tashlab-yuborgan-ona-haqida-malumot-berdi-22491206.html
Qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol ruhiy kasalliklar dispanserida "uchotda" turgan
Qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol ruhiy kasalliklar dispanserida "uchotda" turgan
Sputnik O‘zbekiston
Qizini ayiqlar qafasiga tashlab yuborgan ona ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgani ma’lum bo‘ldi.
2022-02-01T18:45+0500
2022-02-01T18:45+0500
2022-02-01T19:05+0500
hodisalar
toshkent
hayvonot bog‘i
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/577/13/5771372_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_abe1a54ae58ad3c37cd72936cedb207d.jpg
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida ona 3 yoshli qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborganligi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda.Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol 2021-yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turganligi ma’lum bo‘ldi.Ayblanuvchining jinoyat sodir qilgan paytdagi ruhiy holatini aniqlash yuzasidan tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi.Tergov harakatlari davom etmoqda.Bundan avval Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida ma’lumot berdi. Z.T. ismli ayol va 31 yoshda. Toshkent shahrining Sergeli tumanida istiqomat qiladi. Ayol 2018-yilda tug‘ilgan qizi va yana bir farzandi bilan otasining uyida yashab kelmoqda.Ayol Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ketgan va hozir u bilan birga yashamaydi. Shu sababli ayol ruhiy tushkunlikka tushib qolgan.Mutasaddilar ajralish yoqasiga kelib qolga fuqaro Z.T.ning oilasini yarashtirish choralarini ko‘rishgan.Z.T. 2021-yilda "ayollar daftari"ga kiritilgan va unga uy-joy va ajrim masalasida zarur huquqiy maslahatlar berilgan. Shuningdek, homiylik mablag‘lari hisobidan uning oilasiga ikki bor oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/577/13/5771372_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_92f9b4cd70bb23b7d4f40da610367d42.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ona: sud-psixiatriya ekspertiza
qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ona: sud-psixiatriya ekspertiza
Qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol ruhiy kasalliklar dispanserida "uchotda" turgan
18:45 01.02.2022 (yangilandi: 19:05 01.02.2022) Qizini ayiqlar qafasiga tashlab yuborgan ona ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgani ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida ona 3 yoshli qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborganligi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol 2021-yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turganligi ma’lum bo‘ldi.
Ayblanuvchining jinoyat sodir qilgan paytdagi ruhiy holatini aniqlash yuzasidan tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Bundan avval Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida
ma’lumot berdi. Z.T. ismli ayol va 31 yoshda. Toshkent shahrining Sergeli tumanida istiqomat qiladi.
Ayol 2018-yilda tug‘ilgan qizi va yana bir farzandi bilan otasining uyida yashab kelmoqda.
Ayol Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ketgan va hozir u bilan birga yashamaydi. Shu sababli ayol ruhiy tushkunlikka tushib qolgan.
Mutasaddilar ajralish yoqasiga kelib qolga fuqaro Z.T.ning oilasini yarashtirish choralarini ko‘rishgan.
Z.T. 2021-yilda "ayollar daftari"ga kiritilgan va unga uy-joy va ajrim masalasida zarur huquqiy maslahatlar berilgan. Shuningdek, homiylik mablag‘lari hisobidan uning oilasiga ikki bor oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.