Yil boshidan beri 5,5 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi – Energetika vazirligi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaPreduprejdenie ob opasnosti radom s truboy gazoprovoda na fasade zdaniya.
Preduprejdenie ob opasnosti radom s truboy gazoprovoda na fasade zdaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
Ulgurji iste’molchilar yanvar oyining 25 kunida 4,9 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Bu 280 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga teng.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yil boshidan 25-yanvarga qadar ulgurji iste’molchilar tomonidan 215 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
Tadbir natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 4 mln 900 ming kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Buning oqibatida gaz ta’minoti korxonalari manfaatlariga 5,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hajmdagi tabiiy gaz 280 mingta ta xonadonning bir kunlik iste’moliga teng.
O‘zbekiston barcha hududlarida gaz ta’minoti to‘liq tiklandi
Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ular huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Yangiliklar lentasi
0