Samarqand – Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha uchgan samolyotda texnik nosozlik yuzaga keldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSamolet kompanii "Uralskie avialinii"
Samolet kompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
Samarqand – Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha uchgan samolyotda nosozlik yuzaga keldi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Samarqand – Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha uchgan samolyotda nosozlik yuzaga keldi.
Transport vazirligi ma’lum qilishicha, 28-yanvar kuni “Uralskie avialinii” aviakompaniyasining A320 VQ BNI havo kemasi Samarqand – Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha SVR 2862 reysini amalga oshirgan. Toshkent vaqti bilan 07:41 da samolyot Samarqand aeroportidan muvaffaqiyatli uchdi.
Parvoz davomida Moskva vaqti bilan soat 10:01 da ekipaj komandiri samolyotda texnik nosozlik yuz berganligi haqida havo harakatini boshqarish dispetcheriga avariya signalini bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot kabinasi germetizatsiyasida nosozlik yuzaga keldi.
Kolsovo aeroportining favqulodda xizmatlari samolyotni qabul qilish uchun shay holatga keltirilgan. Bortida 159 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 10:28 da Kolsovo aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Hodisa bo‘yicha Sverdlovsk transport prokuraturasi tomonidan parvozlar xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishi yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0