Rossiya O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun ishchi so‘radi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSbor urojaya yablok
Sbor urojaya yablok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadagi ishga jalb qilish loyihasiga qo‘shilishi mumkin.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonga o‘zbekistonliklarni qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi ishlarga jalb qilishga oid so‘rov yubordi. Bu haqda RIA Novosti mamlakatning Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili so‘zlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
2021 yil kuzidan buyon ikki mamlakat o‘rtasida O‘zbekistondan ishchilarni Rossiya qurilishlariga olib kelish bo‘yicha pilot dasturi amal qiladi.
Dekabr oyida Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi respublikaning mingdan ziyod fuqarolarini o‘sha pilot loyiha doirasida agrosanoat majmualari korxonalaridagi ishlarga jalb qilish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini tayyorlagandi.
“Qurilish vazirligidan tashqari pilot loyihasida Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi ham ishtirok etadi. Ular rasman bildirishdi (xohish – tahr). Biz hozir ulardan kishilar sonini kutapmiz” – degan agentlik vakili.
Qayd etilishicha, ishga joylashish uchun fuqarolarga maxsus tibbiyot kartasi lozim bo‘ladi. U oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga kirishga kerak.
“Bu tomonlarini hozir aniqlashtirapmiz. Kelasi hafta aniq ma’lumot bo‘ladi, fevralda, o‘ylaymanki, bu loyiha ham ishga tushiriladi”, - dedi RIA Novosti suhbatdoshi.
Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi hisob-kitobiga ko‘ra, ishchi kuchlar ko‘proq sabzavotchilik, bog‘dorchilik, parrandachilik, chorvachilik hamda oziq-ovqat va qayta ishlovchi sanoatga kerak.
O‘zbekistonlik migrantlarni Rossiya qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilishmoqchi
Yangiliklar lentasi
0