Moskva prokurori migrantlarni genom bo‘yicha ro‘yxatga olishni taklif qildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa v laboratorii po analizu DNK
Sotrudnitsa v laboratorii po analizu DNK - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
Moskva prokurori mehnat migrantlarini genom bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini joriy etishni taklif qildi.
Moskva prokurori mehnat migrantlarini genom bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini joriy etishni taklif qildi. Denis Popov bunday taklifni “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mehnat migrantlari orasida jinoyatchilikka qarshi genom bo‘yicha ro‘yxatga olish protsedurasi yordamida kurashish kerak.
Qonunni buzgan xorijliklar mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Biroq, ular boshqa ism va familiyalarga olingan yangi pasportlar bilan Rossiyaga qaytib kelishadi. O‘tgan yili 800ta shunday holat aniqlandi.
"Bu vaziyatni faqatgina Moskvaga kelayotgan barcha mehnat migrantlarining genom bo‘yicha ro‘yxatga olinishi tubdan o‘zgartirishi mumkin. Aytgancha, bu o‘tgan yillar davomida ko‘plab ochilmagan jinoyatlarni ham fosh etishga yordam beradi", - deb ta’kidladi prokuror.
Genom bo‘yicha ro‘yxatga olish - bu Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, shuningdek, mamlakatda yashovchi chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biologik materiallarini ro‘yxatga olish, saqlash va ulardan foydalanish.
Biologik material deganda genom bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan inson to‘qimalari tushuniladi: uning DNK qismlari.
O‘tgan yilning noyabr oyida Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari mehnat migrantlari uchun DNK ro‘yxatidan o‘tish protsedurasini joriy etishni taklif qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0