Mirziyoyev shu hafta Xitoyga boradi

© REUTERS / Fabrizio BenschOlimpiyskaya bashnya v Pekine vozle Glavnogo press-sentra v preddverii zimnix Olimpiyskix igr 2022 goda
Olimpiyskaya bashnya v Pekine vozle Glavnogo press-sentra v preddverii zimnix Olimpiyskix igr 2022 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2022
Obuna bo‘lish
Hafta yakunida davlat rahbari Si Szinpinning taklifiga binoan Xitoyga boradi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin Olimpiadasi ochilish marosimida ishtirok etadi.
“Hafta yakunida davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi”, - deb yozgan prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Xitoy rahbari 4-6 fevral kunlari Pekinda xorijiy davlatlar yetakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o‘tkazadi.
Mehmonlar orasida - Rossiya, Singapur, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar yetakchilari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus.
Eslatib o‘tamiz, XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari Pekinda 2022-yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0