Toshkent hayvonot bog‘ida qizchasini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida ma’lumot berildi

© Press-slujba Tashkentskogo zooparkaKavkazskiy buriy medved Zuzu
Kavkazskiy buriy medved Zuzu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2022
Obuna bo‘lish
Ayol Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ketgan va hozir u bilan birga yashamaydi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, u Z.T. ismli ayol va 31 yoshda. Toshkent shahrining Sergeli tumanida istiqomat qiladi. Ayol 2018-yilda tug‘ilgan qizi va yana bir farzandi bilan otasining uyida yashab kelmoqda.
Ayol Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ketgan va hozir u bilan birga yashamaydi. Shu sababli ayol ruhiy tushkunlikka tushib qolgan.
Mutasaddilar ajralish yoqasiga kelib qolga fuqaro Z.T.ning oilasini yarashtirish choralarini ko‘rishgan.
Z.T. 2021-yilda "ayollar daftari"ga kiritilgan va unga uy-joy va ajrim masalasida zarur huquqiy maslahatlar berilgan. Shuningdek, homiylik mablag‘lari hisobidan uning oilasiga ikki bor oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.
Hozirda hodisadan jabrlangan qizga barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.
SSV yirtqich qafasiga tashlab yuborilgan qizchaning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berdi. 2018 yilda tug‘ilgan qizchaga dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng u Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazorati ostida.
Yangiliklar lentasi
0