https://oz.sputniknews.uz/20220130/sorovda-qatnashganlarning-81-foizi-korruptsiya-haqida-xabar-berishga-tayyorligini-bildirdi-22449749.html
So‘rovda qatnashganlarning 81 foizi korrupsiya haqida xabar berishga tayyorligini bildirdi
So‘rovda qatnashganlarning 81 foizi korrupsiya haqida xabar berishga tayyorligini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtiroki borasida U-Report bilan hamkorlikda o‘tkazilgan so‘rov natijalarini e’lon qildi.
2022-01-30T12:30+0500
2022-01-30T12:30+0500
2022-01-30T12:30+0500
jamiyat
korrupsiya
so‘rov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20230840_0:78:1500:922_1920x0_80_0_0_35dcd8aec4b4be251e2b457675ba5db4.jpg
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtiroki borasida U-Report bilan hamkorlikda o‘tkazgan so‘rov natijalari e’lon qilindi.So‘rov maqsadi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtirokini qanday his qilishlarini bilib olish bo‘lgan.Natijalar shuni ko‘rsatdiki, respodentlarning:Shuningdek, so‘rovda qatnashganlarning 81 foizi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga yoshlarni jalb etishni korrupsiya darajasini pasaytirishga yordam beradi, deb hisoblaydi.Respondentlarni pora berishdan to‘xtatadigan 4 ta asosiy sabab:Qatnashchilarning 9 foizi esa agar boshqa iloji bo‘lmasa, pora berishdan hech narsa to‘xtatmasligini bildirgan.Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ul deb hisoblanuvchi TOP-3 javoblar:Qatnashchilarning 39 foizi esa pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydiSo‘rovning maqsadi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtirokiga munosabatini aniqlash bo‘lgani sababli 7 dan 35 gacha bo‘lgan yoshlar tanlangan. So‘rovda 16 189 kishi qatnashgan.Respondentlarning o‘rtacha yoshi 21.5 yoshni tashkil etdi. Bundan tashqari, respondentlar 7-15 yoshgacha, 16-25 yoshgacha va 26-35 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhlariga bo‘lingan. 16-25 yoshdagi respondentlar ko‘pchilikni tashkil etdi – 68,8 foiz. Respondentlarning ko‘pchiligi Navoiy (17 foiz), Samarqand (11 foiz) va Buxoro viloyatlariga (9 foiz) to‘g‘ri keldi. Eng kam ishtirokchilar Sirdaryo, Toshkent va Jizzax viloyatlaridan bo‘ldi – 3 foiz va 4 foizdan to‘g‘ri keldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20230840_84:0:1417:1000_1920x0_80_0_0_497c90c1746f14b6bb066061a50dcc03.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
korrupsiya pora o‘zbekiston so‘rov
korrupsiya pora o‘zbekiston so‘rov
So‘rovda qatnashganlarning 81 foizi korrupsiya haqida xabar berishga tayyorligini bildirdi
So‘rovning maqsadi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtirokiga munosabatini aniqlash bo‘lgani sababli 7 dan 35 gacha bo‘lgan yoshlar tanlangan.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtiroki borasida U-Report bilan hamkorlikda o‘tkazgan so‘rov natijalari
e’lon qilindi. So‘rov maqsadi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtirokini qanday his qilishlarini bilib olish bo‘lgan.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, respodentlarning:
51 foizi korrupsiyaning mohiyatini to‘g‘ri tushunadi;
81 foizi korrupsion holatlar haqida xabar berishga tayyor;
46 foizi atrofdagilar pora olish/pora berishiga salbiy munosabatda.
Shuningdek, so‘rovda qatnashganlarning 81 foizi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga yoshlarni jalb etishni korrupsiya darajasini pasaytirishga yordam beradi, deb hisoblaydi.
Respondentlarni pora berishdan to‘xtatadigan 4 ta asosiy sabab:
E’tiqodga zid kelishi – 26 foiz;
Qadriyatlarga/tarbiyaga zid ekanligi – 16 foiz;
Jinoiy jazodan qo‘rqishi - 9 foiz.
Qatnashchilarning 9 foizi esa agar boshqa iloji bo‘lmasa, pora berishdan hech narsa to‘xtatmasligini bildirgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ul deb hisoblanuvchi TOP-3 javoblar:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (33 foiz);
Huquqni muhofaza qilish idoralari (11 foiz).
Qatnashchilarning 39 foizi esa pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi
So‘rovning maqsadi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtirokiga munosabatini aniqlash bo‘lgani sababli 7 dan 35 gacha bo‘lgan yoshlar tanlangan. So‘rovda 16 189 kishi qatnashgan.
Respondentlarning o‘rtacha yoshi 21.5 yoshni tashkil etdi. Bundan tashqari, respondentlar 7-15 yoshgacha, 16-25 yoshgacha va 26-35 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhlariga bo‘lingan. 16-25 yoshdagi respondentlar ko‘pchilikni tashkil etdi – 68,8 foiz. Respondentlarning ko‘pchiligi Navoiy (17 foiz), Samarqand (11 foiz) va Buxoro viloyatlariga (9 foiz) to‘g‘ri keldi. Eng kam ishtirokchilar Sirdaryo, Toshkent va Jizzax viloyatlaridan bo‘ldi – 3 foiz va 4 foizdan to‘g‘ri keldi.