https://oz.sputniknews.uz/20220130/qasim-jomart-toqaev-ozbek-va-qozoq-boylarini-solishtirdi-22448858.html
Qasim-Jomart Toqayev o‘zbek va qozoq boylarini solishtirdi
Qasim-Jomart Toqayev o‘zbek va qozoq boylarini solishtirdi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev "Xabar 24" davlat telekanaliga bergan intervyusida o‘zbek va qozoq boylarini solishtirdi.
2022-01-30T10:51+0500
2022-01-30T10:51+0500
2022-01-30T10:51+0500
dunyoda
qasim-jomart toqayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1e/22448815_0:85:1620:996_1920x0_80_0_0_bc9c019b821a23b7a47142db961a5397.jpg
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev "Xabar 24" davlat telekanaliga bergan intervyusida o‘zbek va qozoq boylarini solishtirdi.Qozog‘iston rahbarining fikricha, o‘zbekistonlik boylar o‘z hisobidan infratuzilma va shifoxonalar qurmoqda, qozog‘istonliklar esa o‘z yurtiga hujum qilmoqda.Qozog‘iston boyligining yarmiga atigi 162 kishi egalik qiladi – ToqayevQozog‘istondagi tartibsizliklar2022 yil 2-yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida suyultirilgan gazning narxi oshishi norozilik namoyishlarga sabab bo‘ldi. Norozilik to‘lqini boshqa shaharlarga ham tarqaldi. Qozog‘iston prezidenti gaz narxi oshishiga qarshi mitinglar vaqtida fuqarolarni ig‘volarga berilmaslikka chaqirdi. Hukumat iste’foga chiqarildi.Biroq ko‘rilgan choralarga qaramay, zo‘ravonlikning yanada kuchayishi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ochiq qarshilikka aylandi. Ushbu harakatlar ma’muriy muassasalar, ichki ishlar bo‘limlari, tinch aholi, jumladan, tibbiyot xodimlari, o‘t o‘chiruvchilarga ommaviy qurolli hujumlar ko‘rinishida kechdi.Qozog‘istonda 10-yanvar - milliy motam kuni5 yanvar kuni Olmaotada ma’muriy va harbiy obyektlarga hujumlar uyushtirilgan, aeroport egallab olingan, yo‘lovchi va yuk samolyotlari ushlab turilgan. Olmaota shahar ichki ishlar departamenti binosi atrofidagi jang ikki kecha davom etdi.Tartibsizliklar ortidan butun mamlakat bo‘ylab 19-yanvargacha favqulodda holat joriy etildi, aksilterror operatsiya boshlandi.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlar orasida radikal islomiy guruhlar tarafida "qaynoq nuqtalar"da jangovar qatnashish tajribasiga ega bo‘lgan bor.Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqealarda 17 nafar harbiy halok bo‘lgan, 1300 nafari yaralandi. Qurbonlarning umumiy soni aniqlanmoqda. Maxsus operatsiyalar davomida 4000 nafarga yaqin terrorchi hibsga olingan, 26 nafar qurolli jinoyatchi o‘ldirilgan, yana 18 nafari yarador qilingan.Prezident Qasim-Jomart Toqayev “terrorchilik tahdidini bartaraf etishda” KXShTdan yordam so‘radi.Tashkilot tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istondagi vaziyatni yaxshilash uchun mamlakatga yubordi. Ularning Tinchlikparvar kuchlarining qisqa muddatda Qozog‘istonda bo‘lish davridagi asosiy vazifasi o‘ta muhim strategik obyektlarni qo‘riqlash edi.13 yanvar kuni Qozog‘istondan KXShT tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish boshlandi.Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklar, shuningdek, terrorchilik aktlarini sodir etish bo‘yicha tergov doirasida jinoiy ish ochgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1e/22448815_90:0:1530:1080_1920x0_80_0_0_b08d1cef8eea92078ec299df27656f1a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qosim-jomart toqayev intervyu o‘zbek va qozoq oligarxlari boylari
qosim-jomart toqayev intervyu o‘zbek va qozoq oligarxlari boylari
Qasim-Jomart Toqayev o‘zbek va qozoq boylarini solishtirdi
Toqayevning fikricha, o‘zbekistonlik boylar o‘z hisobidan infratuzilma va shifoxonalar qurmoqda, qozog‘istonliklar esa o‘z yurtiga hujum qilmoqda.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev "Xabar 24" davlat telekanaliga bergan
intervyusida o‘zbek va qozoq boylarini solishtirdi.
Qozog‘iston rahbarining fikricha, o‘zbekistonlik boylar o‘z hisobidan infratuzilma va shifoxonalar qurmoqda, qozog‘istonliklar esa o‘z yurtiga hujum qilmoqda.
“Men O‘zbekistondan tashqarida — chet elda katta pul ishlab topgan o‘zbekistonlik boylarga razm solaman. Ular vataniga qaytib kelib, ‘O‘zbek xalqi uchun nima qilaylik, qanday yordam beraylik?’ deya O‘zbekiston prezidentidan topshiriq so‘rab olmoqda. Va o‘z mablag‘laridan kasalxonalar qurib, infratuzilmani barpo etmoqda. O‘zbek va qozoq oligarxlari o‘rtasidagi katta farq shunda, biznikilar o‘z vataniga shu yerda, qolaversa, xorijda turib hujum qilmoqda", — deydi Toqayev.
Qozog‘istondagi tartibsizliklar
2022 yil 2-yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida suyultirilgan gazning narxi oshishi norozilik namoyishlarga
sabab bo‘ldi. Norozilik to‘lqini boshqa shaharlarga ham tarqaldi. Qozog‘iston prezidenti gaz narxi oshishiga qarshi mitinglar vaqtida fuqarolarni ig‘volarga berilmaslikka chaqirdi. Hukumat iste’foga
chiqarildi.Biroq ko‘rilgan choralarga qaramay, zo‘ravonlikning yanada kuchayishi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ochiq qarshilikka aylandi. Ushbu harakatlar ma’muriy muassasalar, ichki ishlar bo‘limlari, tinch aholi, jumladan, tibbiyot xodimlari, o‘t o‘chiruvchilarga ommaviy qurolli hujumlar ko‘rinishida kechdi.
5 yanvar kuni Olmaotada ma’muriy va harbiy obyektlarga
hujumlar uyushtirilgan, aeroport egallab olingan, yo‘lovchi va yuk samolyotlari ushlab turilgan. Olmaota shahar ichki ishlar departamenti binosi atrofidagi jang ikki kecha davom etdi.
Tartibsizliklar ortidan butun mamlakat bo‘ylab 19-yanvargacha favqulodda holat joriy etildi, aksilterror operatsiya boshlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlar orasida radikal islomiy guruhlar tarafida "qaynoq nuqtalar"da jangovar qatnashish tajribasiga ega bo‘lgan bor.
Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqealarda 17 nafar harbiy
halok bo‘lgan, 1300 nafari yaralandi. Qurbonlarning umumiy soni aniqlanmoqda. Maxsus operatsiyalar davomida 4000 nafarga yaqin terrorchi hibsga olingan, 26 nafar qurolli jinoyatchi o‘ldirilgan, yana 18 nafari yarador qilingan.
Prezident Qasim-Jomart Toqayev “terrorchilik tahdidini bartaraf etishda” KXShTdan yordam so‘radi.
Tashkilot tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istondagi vaziyatni yaxshilash uchun mamlakatga yubordi. Ularning Tinchlikparvar kuchlarining qisqa muddatda Qozog‘istonda bo‘lish davridagi asosiy vazifasi o‘ta muhim strategik obyektlarni qo‘riqlash edi.
13 yanvar kuni Qozog‘istondan KXShT tinchlikparvar kuchlarini
olib chiqish boshlandi.Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklar, shuningdek, terrorchilik aktlarini sodir etish bo‘yicha tergov doirasida jinoiy ish ochgan.