Prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi – foto
Prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi – foto
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari bo‘lgan birinchi kundan Islom Karimovning ezgu ishlari davom ettirilishini aytgan edi, uning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qildi, maqbarasi barpo etildi. Birinchi prezident Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi.Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Islom Karimovning xalq manfaati yo‘lida qilgan ishlari, mardlik, odillik, kamtarinlik hislatlari yodga olindi.Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.
Birinchi prezident Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari bo‘lgan birinchi kundan Islom Karimovning ezgu ishlari davom ettirilishini aytgan edi, uning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qildi, maqbarasi barpo etildi. Birinchi prezident Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi.
Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Islom Karimovning xalq manfaati yo‘lida qilgan ishlari, mardlik, odillik, kamtarinlik hislatlari yodga olindi.
Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.