O‘zbekistonlik dzudochi Portugaliyada oltin medalni qo‘lga kiritdi - video

© Foto: Federatsiya dzudo UzbekistanaMurodjon Yuldashev
Murodjon Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2022
Obuna bo‘lish
Portugaliya Gran-Prisi finalida Murodjon Yo‘ldoshev ispaniyalik Salvador Kases Rokaga qarshi kurashdi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Almada shahri mezbonligida o‘tayotgan Portugaliya Gran-prisining ikkinchi kungi bahslarida o‘zbekistonlik dzudochi Murodjon Yo‘ldoshev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston dzudo federatsiyasi xabar bermoqda.
-73 kg vazn toifasidagi finalda Murodjon Yo‘ldoshev ispaniyalik Salvador Kases Rokaga qarshi kurashdi. Yo‘ldoshev raqibini ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi.
Milliy olipiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Murodjon faoliyatida ilk bor IJF tasnifidagi musobaqada medal qo‘lga kiritgan va Portugaliya Gran-Prisi oltin medali bilan birga qimmatli 700 reyting ochkosiga ham ega bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Almada shahrida dzudo bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 ming dollarni tashkil etuvchi Portugaliya Gran-Prisi bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0