Davstatqo‘m: o‘tgan yili O‘zbekistondan 20 mingdan ortiq kishi xorijga ko‘chib ketgan

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPassajiri v zale vileta v aeroportu
Passajiri v zale vileta v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2022
Obuna bo‘lish
2021 yilda O‘zbekistondan 20,14 ming kishi xorijiy mamlakatlarga ketgan. O‘z navbatida, yil davomida 1875 kishi mamlakatga ko‘chib kelgan.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. 2021 yilda O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga 20 ming 140 kishi kishi ko‘chib ketgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
2021 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni 256 ming 814 kishini, shu jumladan respublikaning boshqa hududlaridan ko‘chib kelganlar 254 ming 939 kishini tashkil etgan. Xorijiy mamlakatlardan 1875 kishi ko‘chib kelgan.
Ko‘chib ketganlar soni jami 275 ming 79 kishini, xususan, respublikaning boshqa hududlariga ko‘chib ketganlar 254 ming 939 kishini tashkil etgan. Xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni – 20 ming 140 kishi. Migratsiya saldosi esa minus 18 265 kishiga teng bo‘ldi.
Respublikadan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 56,6 foiz), Rossiya (30,5 foiz), Tojikiston (3,7 foiz), Qirg‘iziston (2,3 foiz), Ukraina (1,6 foiz) va boshqa mamlakatlar (5,3 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qaysi viloyatda doimiy aholi eng ko‘p
O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 38 foiz), Tojikiston (18,5 foiz), Rossiya (17,3 foiz), Qirg‘iziston (7 foiz), Turkmaniston (3,3foiz) va boshqa mamlakatlar (15,9 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2020 yil davomida ko‘chib ketganlar 203,7 ming kishini (2019 yilda 169,5 ming kishi), ko‘chib kelganlar esa 191,2 ming kishini (2019 yilda 158,9 ming kishi) tashkil qilgan.
A2022 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,2 mlnni tashkil etgan. Shundan 17,5 million nafari ayollar, 17,7 million nafari erkaklar. Aholi o‘tgan yilga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paygan.
Yangiliklar lentasi
0