AQSh va NATO javobi – xavfsizlik muammolarini “aralashtirib yuborish”

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishVstrecha glavi MID S. Lavrova s gossekretarem SShA E. Blinkenom v Jeneve
Vstrecha glavi MID  S. Lavrova s gossekretarem SShA E. Blinkenom v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2022
Obuna bo‘lish
Moskvaning global xavfsizlik choralariga oid takliflariga G‘arb jamoasi kutilganidek nokonstruktiv – rasmiyat va tajovuzkorlik bilan javob qaytardi.
Rossiyaning keyingi harbiy-siyosiy va harbiy-texnik munosabat bildirishi AQSh va NATO uchun mutlaqo oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladiyu Amerika sinovlarning baxtiqaro qurboni esa – Ukraina – Sharq va G‘arb jangining asosiy maydoni bo‘lmaydi.
2021 yil 15-dekabr kuni teng xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi Rossiya loyihasi Qo‘shma Shtatlar va NATOga topshirilganidan keyin Vashington va Brussel javob ustida 40 kundan ziyod vaqt bosh qotirdi, pozitsiyalarni ittifoqchilari bilan muvofiqlashtirdi. Natijada 26-yanvar kuni ular o‘zlariga mos va qulay bo‘lgan Rossiya, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Belarus va Dnestrbo‘yiga nisbatan fikrlari va quruq tahdidlarini takrorlashdi, xolos. Boz ustiga "hamkorlar" Rossiya TIVdan o‘z javoblarini chop qilmaslikni so‘rashdi va bu "Yangi Yalta bo‘lmaydi" yoki "ruslar, taslim bo‘ling!" uslubidagi pozitsiyalari bo‘shligi va gaplari ishonchsiz ekanidan dalolat beradi. Hujjatlar mazmuni, Rossiya TIV Sergey Lavrovning taxmin qilishicha, tez orada keng jamoatchilikka ma’lum bo‘ladi.
AQSh va NATOning global xavfsizlik muammolarning Ukraina atrofidagi "vaziyat keskinligiga" borib taqalishiga urinishi jo‘n va istiqboli yo‘q bo‘lib ko‘rinadi. Buning ortidan Vashington ittifoqchilari nomuvofiqlikning misli ko‘rilmagan inqirozini boshdan kechirishmoqda, ya’ni o‘z milliy manfaatlari haqida qayg‘urishmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ayrim Yevropa davlatlarining energetika va moliyaviy manfaatlari mavjud. Ular, Maykl Rojersning razvedka va global munosabatlar markazi direktori Joshua S.Xuminskining so‘zlariga ko‘ra, "ularni Moskvaga ta’sir o‘tkazish uchun yanada zaifroq qilishadi" va bu Rossiyaga qarshi turishni qiyinlashtiradi.
AQSh eng asosiy savolga javob bermadi – Lavrov
G‘arbning Moskva bilan stratenik quro-yaroqlarni cheklashning ayrim yo‘nalishlari va Yevropadagi harbiy mashg‘ulotlarning shaffofligi yuzasidan muzokaralar o‘tkazish niyati borligi quvonarli, biroq xavfsizlikning global tizimi uchun yetarli emas. NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning 26-yanvardagi bayonoti: "Rossiya Ukraina, Gruziya va Moldovada bu mamlakatlarning roziligisiz joylashtirilgan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi shart", - alyansning geosiyosiy realligi va geografiyasi hududidan to‘liq uzilgan.
Xalqaro huquqi asosida Abxaziya va Janubiy Osetiya Gruziyaning bir qismlari emaslar, Qrim yarim oroli esa 2014-yildan Rossiya tarkibida. Dnestrbo‘yidagi Rossiya tinchlikparvar kuchlari ko‘p tomonlama bitim asosida bo‘lib turishibdi va unga NATOning aloqasi yo‘q.
Shu bilan birga 26-yanvar kuni Rossiya AQSh va NATOning tahdidlariga harbiy-siyosiy va harbiy-texnik munosabat bilish uchun ma’lum darajada erkinlik oldi, ustiga ustak sayyoraning turli burchaklarida. O‘ylaymanki, yaqin oylarda bu voqeaning fusunkor davomi bo‘ladi.
Moskva Vashingtondan maxfiy hujjat oldi

Agar ertaga urush bo‘lsa

G‘arb qat’iylik bilan Rossiya pozitsiyasini inobatga olishni istamayapti. Murosasiz Vashington NATOni postsovet hududida yanada kengaytirishni ko‘zlamoqda. Germaniya va Fransiyaning ayrim qarshiliklariga qaramay, Brussel NATO chet el qo‘shinlarini Sharqiy Yevropada (Ruminiya, Polsha, Boltiq mamlakatlarida) ko‘paytirmoqda. Stoltenberg kuni kecha dediki: "Yomon variantga tayyorlanyapmiz. Kuchlarimiz shayligini oshirapmiz, biz o‘z bo‘lishlarimizni, jumladan, Boltiq va Qora dengizlar hududida oshiramiz. U yerlarga ko‘proq kemalar va harbiy samolyotlar jo‘natiladi".
AQSh ma’muriyati Montryo konvensiyasini qayta yozish yoki bekor qilishga urinmoqda. Amerikalik kongressmenlar "Rossiyadan himoya qilish uchun" Polshaga M1A2 Abrams tanklarini yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirishmoqda. Vashington va London Javelin va SMAW-D larni faol yetkazib bermoqda. Chexiya Ukrainani yirik kalibrli snaradlar bilan “o‘qlamoqda”. Mana shunday Yevropada va Shimoliy Amerikada urush arvohi kiyinib, qonga to‘lmoqda.
G‘arb Rossiya bilan qurolli to‘qnashishni yaqinlashtirmoqda. Global xavfsizlik muammolarini diplomatik yo‘l bilan hal qilish maydoni uzluksiz toraymoqda. Bo‘lajak mojaroning jadalligi, ko‘lami va geografiyasi borasida mulohaza yuritib, AQSh va NATO rahbarlari bo‘lib o‘tayotgan vaziyat keskinlashining realligini baholashga qodir emas. Vaziyat keskinlashishi “Ukraina atrofida emas”, balki Vashington va Brusseldagi “qaror qabul qilish markazlarida”.
Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan kongresschi Marjori Grinning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar Rossiya bilan yadroviy urushda Ukraina Xanter Baydenga nisbatan (AQSh prezidentining o‘g‘li) kompromatga ega ekanligi sabab halok bo‘lishadi.
Nima bo‘lsa ham, Qo‘shma Shtatlar va NATO tomonidan global xavfsizlik tamoyillari buzilishi yirik mojaroga zamin yaratadi. Rossiya qudratli yadroviy davlat sifatida bir muddatga mintaqaviy (ukrain) mavzusini chetga surib qo‘yib, o‘zining geosiyosiy maqsadlarini erishishni ta’minlashga qodir. Germaniya allaqachon o‘ta kuchli bo‘lgan Rossiya manfaatlarini e’tiborga olmaslikning iloji yo‘qligini aytdi.
Rossiya qo‘shnilari bilan ixtilofga borish yoki KXShTni AQSh chegaralariga kengaytirishdan mutlaqo manfaatdor emas.
Agar bu Rossiyaga bog‘liq bo‘lsa, unda urush bo‘lmaydi - Lavrov
“Breaking Defense” nashri yozadiki: “Rossiyaning Yevropadagi yondashuvi alyansni siyosiyo jihatdan parchalashga, mamlakatlar bilan alohida ish olib borish va ularni bir-biriga gijgijlashga qaratilgan. Hamjihatlik namoyish qilinigi kerak bo‘lgan yerda Berlin va Parij Moskvaning NATO bu birdamlik yetishmaydigan qog‘ozli yo‘lbars ekani haqidagi hikoyasiga ishonmoqda”.
"Yo‘lbars" Afg‘onistondagi 20-yillik jangovar harkatlardan so‘ng toliblardan tepki yeganini unutmaslik zarur. NATO qo‘shinlari xuddi shunday sharmandalik bilan Iroqdan olib chiqilmoqda.
Avvalroq “mudofaalanuvchi” alyans BMT sanksiyasisiz Yugoslaviya, Liviya va Suriyani bombardimon qilgandi. 2008-yilgi Gruziya tajovuzi va 2014-yildagi Kiyevdagi qurolli to‘ntarishni ham Vashington tashkillashtirgan. So‘nggi ikkisida Rossiya milliy xavfsizlik tahdidlariga javob qaytardi xolos, boshqacha yo‘l ham tutolmasdi.
Ayrim kuzatuvchilar bugun Rossiya namoyishkorona mashg‘ulotlar shaklidagi joylashtirishdan oldingi tayyorgarliklarni o‘tkazmoqda deb hisoblashmoqda. Biroz avval Washington Post yozgandiki: “Moskva oldindan bajarilishi mumkin bo‘lmagan talablarni... bu talablar rad qilinganda harbiy harakatlar uchun ehtimoliy bahona deb yaratish uchun ilgari surgan”.
O‘ylaymanki, ayiq taygadagi qo‘shnisi surbetlik bilan boshiga chiqsa, o‘z tirnoqlaridan uyalmasligi kerak. Moskva tomonidan Sharqiy Yevropada belgilangan qizil chiziqlarni NATO buzishi 2022-yilda har qanday holatda AQSh va NATO foydasiga hal bo‘lmaydigan harbiy mojaroga olib kelishi muqarrar.
Vakillar palatasi va Senatning 55 nafar deputat demokratlari 26-yanvar kuni Amerika prezidenti Jozef Baydenni "birinchi bo‘lib yadroviy qurol qo‘llamaslik" strategiyasini e’lon qilishga, Rossiya va Xitoy bilan muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashga, yangi qanotli raketalarni va Trident II D5ni ishlab chiqarishni to‘xtatish turishga chaqirdi.
Britaniya sohillaridan 250 km uzoqlikda Rossiya HDFning raketa otishmlariga tayyorgarligi ortidan Britaniya mudofaa vaziri Ben uolles ehtiyotkorlik bilan Moskvada rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan muzokaralarni e’lon qildi.
Amerikaliklar tomonidan Ukrainada sun’iy inqirozni keltirib chiqarilganiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yerda jangovar ohangda gapirish yoki NATO tomonidan qurol yetkazib berilishi mumkin emas. Sharqiy Yevropani ehtimoliy afg‘onlashtirish, avvalo buni tashkil etganlarga (Vashington va Brussel) zarba beradi.
Chetdan yaxshiroq ko‘rinadi. Xitoy TIV rahbari Van I 27-yanvar kuni AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon suhbatida eslatdi: vaziyatning yaxshilanishi uchun Kiyev Minsk kelishuvlarini bajarishga qaytishi darkor, xolos.
AQSh Rossiya takliflariga kelasi hafta javob beradi: Lavrov va Blinken muzokara natijalari
Qo‘shma Shtatlar va ularning yevropalik ittifoqdoshlarining global xavfsizlik muammosini ukrain epizodi bilan almashtirib qo‘yishga, Rossiyaning aniq takliflarini "aralashtiib yuborish" qo‘lidan kelmaydi. Boshqa tomondan, Ukraina o‘n yillab amerikacha demokratiya va "Yevropa markazida Afrika bilan" gurkirayotgan va chirib borayotgan g‘arb qadriyatlarining antireklamasi bo‘lib qoladi.
Yangiliklar lentasi
0