Prezident maktablarni isloh qilish haqida nima dedi – asosiy tezislar
17:21 29.01.2022 (yangilandi: 17:22 29.01.2022)
© UzAV Namangane otkrilas Prezidentskaya shkola
© UzA
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston maktablari faoliyati darslikdan binogacha qayta ko‘rib chiqiladi, ular ham moddiy va ma’naviy boyitiladi.
TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston maktablarining bugungi holati tanqid qilinib ularning isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.
Ta’lim islohotiga doir
o‘qitish metodikasi, darsliklar, partadan tortib, binosigacha to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi;
muallimlarga munosib sharoitlar yaratiladi, bir vaqtning o‘zida ularning bilim va malakasi, dars o‘tishiga talab ham tubdan kuchaytiriladi;
yangi qurilayotgan va ta’mirlanayotgan maktablar ham o‘quvchilar, ham pedagoglar uchun qulay va moslashuvchan bo‘lishi kerak. "Yangi qurilayotgan maktablarda quyosh paneli va issiq suv kollektori albatta bo‘lishi shart" – prezident;
maktabdan doimo “ziyo nuri” doimo taralib turishi kerak. "Maktablarning dars tugashi bilan yopilishi - bu mutlaqo noto‘g‘ri. Kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali doimiy ishlashi, ularda har kuni musobaqa, konsert, kitobxonlik, mushoira, “Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlar o‘tkazilishi kerak", dedi davlat rahbari;
Shuningdek, har bir maktabda baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik yo‘nalishlarida to‘garaklar va badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etilishi belgilandi. Maktabni bitirgan bola kamida bitta kasb bilan birga bitta milliy cholg‘u asbobini chalishni bilishi shart;
respublikadagi 274 sport maktablarining har biriga bittadan maktab biriktirilib, ularning hududida kamida bitta olimpiya sport turi bo‘yicha to‘garak tashkil etiladi;
Yig‘ilishda barcha maktablarda vatanparvarlik darslarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi. "Maktablardagi ta’lim va tarbiya milliy ruh va vatanparvarlik g‘oyalari bilan uyg‘un bo‘lishi zarur" - prezident.
Tashkiliy masalalar
Maktablar qurilishi va ta’mirlanishi bilan bundan buyon viloyat, shahar va tuman hokimlari shug‘ullanadi. Bugundan boshlab Xalq ta’lim vazirligining qurilishga buyurtmachi bo‘lish vakolati tugatiladi.
"Barcha darajadagi hokimlar bir narsani chuqur anglab yetishi kerak - bugundan “hokimlarning maktabga e’tibor qilish besh yilligi” boshlanadi", dedi Prezident.
Tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab ta’limini isloh qilish kengashlari tuziladi. "Respublika kengashiga shaxsan o‘zim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh bo‘ladi.
Shuningdek, yuqori malakali, doim o‘z ustida ishlaydigan “xalq o‘qituvchilari”ni keng qo‘llab-quvvatlash uchun Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi tashkil etiladi va unga dastlab budjetdan 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.