https://oz.sputniknews.uz/20220129/kommunal-xizmat-imtiyozlari-orniga-pul-beriladi---prezident-qarori-22441840.html
Kommunal xizmat imtiyozlari o‘rniga pul beriladi - prezident qarori
Kommunal xizmat imtiyozlari o‘rniga pul beriladi - prezident qarori
Sputnik O‘zbekiston
Keksa yoshli, o‘zgalar parvarishigi muhtoj shaxslarga kompensatsiya to‘lovlari to‘lanadi.
2022-01-29T12:45+0500
2022-01-29T12:45+0500
2022-01-29T12:47+0500
jamiyat
prezident farmoni
nafaqa
uy-joy kommunal xizmati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1402/73/14027356_0:435:2048:1587_1920x0_80_0_0_9042367e64bdac1114cd2cda9d99dd59.jpg
TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Birinchi martdan boshlab uy-joy kommunal xizmatlar bo‘yicha to‘lov uchun imtiyozga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi. Bu haqida 28-yanvar kuni imzolangan “Aholinnig ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 58-sonli prezident farmonida aytib o‘tilgan. Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-martdan: Bunda, qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika budjeti va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1402/73/14027356_0:243:2048:1779_1920x0_80_0_0_2d7b7d0eae83d12a4ab9ea041f7e7a85.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
keksa nafaqa kompensatsiya pul
keksa nafaqa kompensatsiya pul
Kommunal xizmat imtiyozlari o‘rniga pul beriladi - prezident qarori
12:45 29.01.2022 (yangilandi: 12:47 29.01.2022) Keksa yoshli, o‘zgalar parvarishigi muhtoj shaxslarga kompensatsiya to‘lovlari to‘lanadi.
TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Birinchi martdan boshlab uy-joy kommunal xizmatlar bo‘yicha to‘lov uchun imtiyozga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi.
Bu haqida 28-yanvar kuni imzolangan “Aholinnig ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 58-sonli prezident farmonida aytib o‘tilgan.
Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-martdan:
uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab boriladi;
ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi. Bunda, har oylik kompensatsiya to‘lovi – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi (130 050 so‘m) miqdorida to‘lanadi.
Yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (289 ming so‘m) miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Bunda, qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika budjeti va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.