Ayiq qafasi ichiga tashlab yuborilgan qizaloqning ahvoli yaxshi - SSV

© Minzdrav UzbekistanaDevochka kotoruyu sbrosili v volyer k medvedu pod nadzorom vrachey
Devochka kotoruyu sbrosili v volyer k medvedu pod nadzorom vrachey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2022
Obuna bo‘lish
Qizaloq ayni damda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazida shifokorlar nazorati ostida.
TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Kecha Toshkent hayvonot bog‘ida onasi ayiq qafasi ichiga tashlab yuborgan qizchaning ahvoli yaxshi deb, xabar qilmoqda Svog‘liqni saqlash vazirligi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yilda tug‘ilgan qizaloqqa dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatadi. Shundan so‘ng u soat 13:30 larda tez yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.
Qizaloq yengil shok holatida bo‘lgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi kuzatilgan. Shifoxonada barcha zarur tibbiy ko‘riklardan zudlik bilan o‘tkazilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 28-yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida mudhish hodisa yuz bergan edi. Soat taxminan 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan. Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirib qizaloqni chiqarib olishgan.
Ayni damda Prokuratura tomonidan ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.
Toshkent hayvonot bog‘ida ayol qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yubordi
Yangiliklar lentasi
0