Uzbekistan Airways 30-yilligi munosabati katta chegirma e’lon qildi

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2022
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Airways o‘z yubileyi arafasida barcha parvozlarga 30%li chegirmalar e’lon qildi.
TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. Uzbekistan Airways kompaniyasi tashkil topganining 30-yilligi munosabati bilan aksiya e’lon qildi.

Faqat 28-yanvar kuni Uzbekistan Airwaysning barcha reyslari aviachiptalariga 30% chegirma amal qiladi, - deyilgan xabarda.

Aksiya qoida va shartlari:
30% chegirmali aviachiptani 2022-yilning 28-yanvar sanasi soat 00:00 dan 23:59 (mahalliy vaqt) gacha xarid qilish mumkin;
Aviachiptani www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airvays Sales filialida va aviakompaniyaning O‘zbekistonda Respublikasidagi agentlaridan xarid qilish mumkin;
Aviatashuvlar muddati cheklanmagan (aviachiptani rasmiylashtirish amaldagi reyslar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi);
Chegirma ekonom va biznes klass tariflarining barcha turlariga amal qiladi;
Ushbu chegirmani boshqa chegirmalar bilan (bolalardan tashqari) qo‘llash taqiqlanadi;
Chegirma code share reyslarida va savdo bitimlari doirasida e’lon qilingan tariflar uchun qo‘llanilmaydi;
Aksiya doirasida sotib olingan aviachiptalarni qaytarish va boshqa sanaga rasmiylashtirish shartlari bilan aviakompaniya rasmiy saytida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0