Toshkent hayvonot bog‘ida ayol qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yubordi

© Press-slujba Tashkentskogo zooparkaBuriy medved
Buriy medved - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kichkina qizaloqni ayiq voleriga tashlab yubordi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘ida ayol qizaloqni ayiq voleriga tashlab yubordi, deya xabar qildi bog‘ matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 28-yanvar kuni soat, taxminan, 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra xaloyiqning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgan.
"Zuzu laqabli Kavkaz qo‘ng‘ir ayig‘i o‘z volerida yotib olib, qizaloqni metall to‘siq ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatdi. Mehmonlarimiz va xodimlarimizning urinishlariga qaramasdan, ayolni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. U bolani yirtqichning qafasiga otib yuborishga erishdi. Zuzu ayig‘imiz sekingina zovurga tushib, qizaloqni hidlab ko‘rdi va undan uzoqlashdi", – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Shuningdek, "Yirtqichlar" bo‘limi xodimlari tez harakat qilishgan va ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Bola volerdan olib chiqilgan hamda hayvonot bog‘ining hamshirasi tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Qizaloq yirtqich tishlari va panjalaridan emas, faqat qariyb 5 metr balandlikdan yiqilish tufayli jarohat olgan. Dastlabki ko‘rikda urilishlardan tashqari ko‘zga ko‘rinarli jiddiy shikastlar aniqlanmadi.
Ayni damda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan voqea sabablari o‘rganilmoqda. Bola shifokorlar nazorati ostida.
Toshkent hayvonot bog‘ida ona 3 yoshli qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
Yangiliklar lentasi
0