https://oz.sputniknews.uz/20220128/qirgiziston-chegaradagi-mojaro-boyicha-jinoyat-ishini-qozgatdi-22427714.html
Qirg‘izistonda chegaradagi mojaro bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qirg‘izistonda chegaradagi mojaro bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston IIV tomonidan Tojikiston bilan chegaradagi mojarodan keyin “tinchlikka qarshi jinoyat” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2022-01-28T12:19+0500
2022-01-28T12:19+0500
2022-01-28T12:20+0500
dunyoda
qirg‘iziston
tojikiston
mojaro
qirg‘iz-tojik chegarasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/433/83/4338354_0:222:2853:1826_1920x0_80_0_0_1a8874a54a0c37e3c3b274e3feb41aa4.jpg
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston IIV tomonidan Tojikiston bilan chegaradagi mojarodan keyin “tinchlikka qarshi jinoyat” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.Xabarda aytilishicha, 27-yanvar kuni soat 18:00 atrofida Qirg‘iziston Botken tumani Ko‘k-Tosh qishlog‘i bilan Isfara tumani Samoniyen qishlog‘i o‘rtasidagi chegaraning tasdiqlanmagan qismida Tojikiston chegarachilari O‘sh-Isfana yo‘li va Isfara-Vorux avtomobil yo‘li qismini to‘sib qo‘yishdi. Qirg‘iziston chegarachilari o‘z hamkasblaridan to‘xtashni so‘rashdi.Muzokaralar chog‘ida ikki davlat mahalliy hokimiyat va huquq-tartibot idoralari vakillari qurilish ishlarini to‘xtatib, yo‘lni ochishga kelishib oldilar. Biroq soat 19:30 atrofida Tojikiston chegarachilari xalqaro kelishuvlarni buzgan holda og‘ir o‘qotar qurollardan foydalanib, oddiy fuqarolar istiqomat qiluvchi Ko‘k-Tosh qishlog‘idagi Chir-Dobo, Qum-Mozor, Daxma uchastkalariga, shuningdek O‘rto-Bo‘z qishlog‘idagi To‘rt-Kocho uchastkasi va Ko‘k-Tosh qishlog‘idagi Qirg‘iziston IIV Ichki qo‘shinlarining 707-sonli harbiy qismi binosida hujum qilishdi.FVV ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy aholining uylari va 707-sonli harbiy qism binosi zarar ko‘rgan, bir necha harbiy xizmatchi va bir mahalliy aholi o‘qdan tan jarohatlari olib, Botken viloyati shifoxonasiga olib kelindi.Jabrlanuvchilarga sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.Tojikiston tomoni 13 kishi yaralangani, 2 kishi halok bo‘lgani haqida ma’lum qildi.Kechasi tomonlar o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga kelishib oldilar. Hozir chegarada vaziyat tinch.
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/433/83/4338354_60:0:2791:2048_1920x0_80_0_0_679d73da7c5e6e60dc8afce5a0e01ddb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘iziston chegaradagi mojaro bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atdi
qirg‘iziston chegaradagi mojaro bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atdi
Qirg‘izistonda chegaradagi mojaro bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:19 28.01.2022 (yangilandi: 12:20 28.01.2022) Qirg‘iziston IIV tomonidan chegaradagi mojaro bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston IIV tomonidan Tojikiston bilan chegaradagi mojarodan keyin “tinchlikka qarshi jinoyat” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda
Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 27-yanvar kuni soat 18:00 atrofida Qirg‘iziston Botken tumani Ko‘k-Tosh qishlog‘i bilan Isfara tumani Samoniyen qishlog‘i o‘rtasidagi chegaraning tasdiqlanmagan qismida Tojikiston chegarachilari O‘sh-Isfana yo‘li va Isfara-Vorux avtomobil yo‘li qismini to‘sib qo‘yishdi. Qirg‘iziston chegarachilari o‘z hamkasblaridan to‘xtashni so‘rashdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki davlat mahalliy hokimiyat va huquq-tartibot idoralari vakillari qurilish ishlarini to‘xtatib, yo‘lni ochishga kelishib oldilar. Biroq soat 19:30 atrofida Tojikiston chegarachilari xalqaro kelishuvlarni buzgan holda og‘ir o‘qotar qurollardan foydalanib, oddiy fuqarolar istiqomat qiluvchi Ko‘k-Tosh qishlog‘idagi Chir-Dobo, Qum-Mozor, Daxma uchastkalariga, shuningdek O‘rto-Bo‘z qishlog‘idagi To‘rt-Kocho uchastkasi va Ko‘k-Tosh qishlog‘idagi Qirg‘iziston IIV Ichki qo‘shinlarining 707-sonli harbiy qismi binosida hujum qilishdi.
FVV ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy aholining uylari va 707-sonli harbiy qism binosi zarar ko‘rgan, bir necha harbiy xizmatchi va bir mahalliy aholi o‘qdan tan jarohatlari olib, Botken viloyati shifoxonasiga olib kelindi.
Jabrlanuvchilarga sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Tojikiston tomoni 13 kishi yaralangani, 2 kishi halok bo‘lgani haqida ma’lum qildi.
Kechasi tomonlar o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga kelishib oldilar. Hozir chegarada vaziyat tinch.