Markaziy Osiyodagi “blekaut”ga O‘zbekistondagi IESdagi qisqa tutashuv sabab bo‘ldi - KEGOC

© © SputnikLampochka, arxivnoe foto
Lampochka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyodagi “blekaut”ga O‘zbekistondagi qisqa tutashuv va Sirdaryo issiqliq elektr stansiyasidagi energiya bloklarining o‘chirilishi sabab bo‘ldi – Qozog‘istonning KEGOC energetik kompaniyasi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Qozog‘istonning KEGOC elektr tarmoqlarini boshqaruvchi kompaniyasi blekautga O‘zbekistonda yuz bergan hodisa sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.
Kompaniyaning xabariga ko‘ra, 2022-yil 25-yanvar kuni soat 11:59 da qisqa tutashuv tufayli Sirdaryo IESdagi 6ta energoblok birdaniga o‘chirildi. Umumiy elektr energiyasining ishlab chiqarilishidagi yo‘qotilishi 1500 MVt dan oshdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning energetika tizimlari to‘liq ishdan chiqib, barcha elektr stansiyalari va iste’molchilar ta’minoti to‘xtatildi. O‘zbekiston energetika tizimida uzilgan yuklanish taxminan 9600 MVt (iste’molning 100 %), Qirg‘izistonda 2600 MVt (100 %)ni tashkil etdi.
Qayta tiklash doirasida Qozog‘iston yagona energetika tizimi Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika tizimlariga ushbu mamlakatlar elektr stansiyalarini kuchlanish bilan ta’minlash orqali yordam ko‘rsatdi, bu esa tiklash ishlarini boshlash imkonini berdi. Qirg‘iziston energetika tizimining normal rejimga qaytishi taxminan bir kun davom etdi.
Iste’molchilarning to‘liq elektr energiya ta’minotidan uzilishini oldini olish maqsadida respublikaning janubiy viloyatlarini maqsadida avtomatik uskunasi ishlashi Olmaota, Jambil, Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlarini alohida ishga o‘tkazildi.
Qozog‘istonning janubiy viloyatlaridagi barcha elektr stansiyalari o‘z ishini saqlab qoldi, iste’molchilarni elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlashda davom etdi.
KEGOC “mayning bilan shug‘ullanuvchi iste’molchilarning faoliyati elektr energiya uzilishiga sabab bo‘lishi mumkin”, degan taxminni rad etdi.
KEGOC - Qozog‘istonning elektr tarmoqlarini boshqaruvchi kompaniyasi hisoblanadi.

Hukumat komissiyasi

Elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli topshiriqni berdi.
Komissiya tomonidan birinchi navbatda generatsiya jarayonini tiklash hamda yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berish orqali iste’molchilarning elektr ta’minotini tiklash vazifasi qo‘yildi.
Hukumat komissiyasi soha vakillariga sodir bo‘lgan nosozliklar takrorlanmasligi, sabablarini aniqlash, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda zudlik bilan amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar yukladi.

Markaziy Osiyodagi blekaut

25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator hududlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi.
Energetika vazirligi Qozog‘iston elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston va atrof hududlarida elektr energiyasi ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelganini ma’lum qildi.
27 yanvar kuni soat 16:00da O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi.
Yangiliklar lentasi
0