https://oz.sputniknews.uz/20220128/biologik-faol-qoshimchalarning-qaysilari-miyaga-zarar-etkazishi-mumkin-22438841.html
Biologik faol qo‘shimchalarning qaysilari miyaga zarar yetkazishi mumkin?
Biologik faol qo‘shimchalarning qaysilari miyaga zarar yetkazishi mumkin?
Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassisning ta’kidlashicha, biologik faol qo‘shimchalarining aksariyati ularga tegishli bo‘lgan foydali xususiyatlarning yarmiga ham ega emas.
2022-01-28T22:30+0500
2022-01-28T22:30+0500
2022-01-28T22:30+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
shifokor
foydali
sog‘liq
foydali mahsulotlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0b/22146285_0:100:2593:1559_1920x0_80_0_0_0e35b75fdb6a41d1ff3d89190e459d1b.jpg
Qaysi biologik faol qo‘shimchalar (BAD) miyaga zarar etkazishi mumkinligi haqida Sputnik radiosiga xususiy klinika bosh shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Marina Anikina aytib berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, miyani rag‘batlantiradigan BFQlarini iste’mol qilish psixotik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin."Miya faoliyatini yaxshilash uchun har qanday qo‘shimcha salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki siz dastlab miya nima uchun yaxshi ishlamayotganini tushunishingiz kerak. Yoki u kasal bo‘lgan yoki infeksiyadan aziyat chekmoqda, yoki siz juda ko‘p ishlagansiz va miya charchagan. Agar ushbu noqulay vaqtda siz uni rag‘batlantirishni boshlasangiz, sizda psixotik reaksiya, asabiylashish va uyqu buzilishi mumkin ", - deb tushuntirdi Anikina.U ginkgo biloba o‘simligi ekstraktini misol qilib keltirdi. Ko‘pchillik uning qon aylanishini yaxshilashi va miya qarishini sekinlashtirishiga ishonadi."O‘smirlar uni imtihon oldidan qo‘llagan va bu psixotik buzilishlarni keltirib chiqargan holatlar bo‘lgan. Demensiyadan aziyat chekadigan keksa odamlarda ham xuddi shunday reaksiyaga sabab bo‘lgan", - dedi shifokor.Shifokor ta’kidlashicha, aksariyat BADlar ularga tegishli bo‘lgan shifobaxsh xususiyatlarning yarmiga ham ega emas. Masalan olimlar yaqinda 3-6-9 omega-yog‘ kislotalari majmuasi yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanishining oldini olishga qodir emasligini aniqladilar. Kardiologiya sohasidagi tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu preparat samaradorlikni ko‘rsatmadi va hozirda yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishini, shuningdek, miya tomirlarining aterosklerozini sekinlashtirish uchun foydalanish tavsiya etilmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0b/22146285_191:0:2402:1658_1920x0_80_0_0_190a681a04c0e85d9394ba1951ffdb89.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bad biologik faol qo‘shimcha zarar miya shifokor sog‘liq foyda
bad biologik faol qo‘shimcha zarar miya shifokor sog‘liq foyda
Biologik faol qo‘shimchalarning qaysilari miyaga zarar yetkazishi mumkin?
Mutaxassisning ta’kidlashicha, biologik faol qo‘shimchalarining aksariyati aytilgan foydali xususiyatlarning yarmiga ham ega emas.
Qaysi biologik faol qo‘shimchalar (BAD) miyaga zarar etkazishi mumkinligi haqida Sputnik radiosiga xususiy klinika bosh shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Marina Anikina aytib berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, miyani rag‘batlantiradigan BFQlarini iste’mol qilish psixotik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
"Miya faoliyatini yaxshilash uchun har qanday qo‘shimcha salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki siz dastlab miya nima uchun yaxshi ishlamayotganini tushunishingiz kerak. Yoki u kasal bo‘lgan yoki infeksiyadan aziyat chekmoqda, yoki siz juda ko‘p ishlagansiz va miya charchagan. Agar ushbu noqulay vaqtda siz uni rag‘batlantirishni boshlasangiz, sizda psixotik reaksiya, asabiylashish va uyqu buzilishi mumkin ", - deb tushuntirdi Anikina.
U ginkgo biloba o‘simligi ekstraktini misol qilib keltirdi. Ko‘pchillik uning qon aylanishini yaxshilashi va miya qarishini sekinlashtirishiga ishonadi.
"O‘smirlar uni imtihon oldidan qo‘llagan va bu psixotik buzilishlarni keltirib chiqargan holatlar bo‘lgan. Demensiyadan aziyat chekadigan keksa odamlarda ham xuddi shunday reaksiyaga sabab bo‘lgan", - dedi shifokor.
Shifokor ta’kidlashicha, aksariyat BADlar ularga tegishli bo‘lgan shifobaxsh xususiyatlarning yarmiga ham ega emas. Masalan olimlar yaqinda 3-6-9 omega-yog‘ kislotalari majmuasi yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanishining oldini olishga qodir emasligini aniqladilar. Kardiologiya sohasidagi tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu preparat samaradorlikni ko‘rsatmadi va hozirda yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishini, shuningdek, miya tomirlarining aterosklerozini sekinlashtirish uchun foydalanish tavsiya etilmaydi.