Urush bo‘lmasligi uchun kelishib olish kerak - Medvedev

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZamestitel predsedatelya Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel soveshanie po voprosu Doktrini prodovolstvennoy bezopasnosti RF
Zamestitel predsedatelya Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel soveshanie po voprosu Doktrini prodovolstvennoy bezopasnosti RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev urushning oldini olish uslubini aytdi.
TOShKENT, 27 yanv —Sputnik. Urush bo‘lmasligi uchun kelishib olish kerak, lekin aksariyat odamlar mojaroni avj oldirish ortidan o‘z obro‘yini oshirmoqchi bo‘ladi, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, Rossiyaning yetakchi OAVlariga bergan intervyusida.
“Aynan xavfsizlik kafolatlari borasida kelishib olish kerak. Bu siyosiy-diplomatik vositalar, bu muzokaralar bu tashqi siyosatda barcha uchun bir xil xavfsizlik prinsipidan foydalanishdir. Bir tomonning xavfsizligi boshqa tomonga tahdid solish yo‘li bilan erishib bo‘lmaydi. Bularning barchasi Rossiya, Yevropa va xalqaro miqyosda munosabatlar asosini belgilovchi asosiy hujjatlarda mustahkamlangan”, - dedi Medvedev.
Mojaroni avj oldirish kimga kerakligi haqida gap ketganda Medvedev AQSh senatorlaridan birining so‘zlarini keltirdi.
“Yaqinda bir joyda o‘qigandim, Amerika Qo‘shma shtatlari Senatining marazmatik (yesini yegan) qariyalaridan biri - ularni boshqa so‘z bilan atay olmayman – Rossiya va AQSh orasida cheklangan yadroviy to‘qnashish, o‘zaro yadroviy zarba berish ehtimoli borligini aytib o‘tgandi. Unga hammasi baribir bo‘lsa kerak, chunki uning yoshi anchaga borib qolgan, u o‘ziga kerakligicha yashab bo‘ldi, endi qolganlarni qilmishiga yarasha jazolash kerak, deb o‘ylayotgan bo‘lsa kerak. Buni ruhiy kasallikdan boshqa narsa deyish qiyin”, - dedi Medvedev.
“Katta (siyosiy-tahr.) kuchga ega bo‘lgan hukumat vakilidan bunday so‘zlarni eshitish juda achinarli. Axir AQShda Senat bu juda jiddiy tashkilot”, - dedi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
“Mening esimda qolgan sovet davrlarida ham bizning amerikalik hamkorlarimiz hech qachon yadroviy mojaro uyushtirsan yaxshi bo‘lardi deb gapirishmagan, - dedi Medvedev. – Axir Karib inqirozi insoniyat sivilizatsiyasining yakuni qanday bo‘lishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatgan edi”.
“Nima bo‘lganda ham AQSh bunday fikrlar eshitilmoqda. Xo‘sh biz bunga qanday munosabat bildirishimiz kerak? Buga esini yegan qariyaning so‘zlari yoki siyosiy spekulyatsiya deb tushunish kerakmi? Nima bo‘lganda ham bu juda xafli”, - deb xulosa qildi Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida Rossiya Brussel va Vashingtonga o‘z xavfsizligini kafolatlash to‘g‘risidagi shartnoma imzolashni taklif qilgan edi. Unda Kreml NATOning Sharqqa kengayishini va sobiq Ittifoq respublikalaridan Rosssiyaga qarshi foydalanishni bas qilishni, Rossiya chegaralari yaqinida zarba beruvchi qurollar joylashtirishni va Yevropadan Amerika yadroviy qurollarini olib chiqib ketishni talab qilgan edi.
Shu kunga qadar AQSh va NATO ham Rossiya vakillari orasida bir necha muzokaralar bo‘lib o‘tdi, AQSh bir necha hafta davomida Rossiya taklifiga o‘z javobini ishlab chiqdi va 26-yanvar kuni uni Rossiyaga taqdim etdi. Hujjat maxfiy, lekin Rossiyalik senator Vladimir Jabarov izohiga ko‘ra “Rossiya AQShning bunday javobini qabul qilmaydi”. Xullas AQSh Rossiya xavfsizlik kafolatlari haqidagi taklifini rad etgan.
© SputnikProyekt dogovora o garantiyax bezopasnosti mejdu Rossiyey i SShA uzb desk
Proyekt dogovora o garantiyax bezopasnosti mejdu Rossiyey i SShA uzb desk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2022
Proyekt dogovora o garantiyax bezopasnosti mejdu Rossiyey i SShA uzb desk
Yangiliklar lentasi
0