https://oz.sputniknews.uz/20220127/rossiya-qoshinlarining-jangovar-shayligi-nima-sababdan-tekshirilmoqda-22410454.html
Rossiya qo‘shinlarining jangovar shayligi nima sababdan tekshirilmoqda
Rossiya qo‘shinlarining jangovar shayligi nima sababdan tekshirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shinlarning maxsus tayyorgarligi va jangovar shayligi poligonlarda, safarlarda va parvozlarda shakllanadi. Bu Rossiya va uning ittifoqchilarining mudofaa qobiliyati, xavfsizligi va suvereniteti asosidir.
2022-01-27T14:23+0500
2022-01-27T14:23+0500
2023-04-05T18:36+0500
kolumnistlar
jangovar shaylik
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1b/22410655_0:166:3053:1883_1920x0_80_0_0_fabf42959599db836480be6ce93341a0.jpg
Birdaniga Rossiyaning ikkita – G‘arbiy va Janubiy harbiy okruglarining jangovar shayligini tekshirish Rossiya mudofaa vazirligining rejalari va Yevropadagi murakkab harbiy-siyosiy vaziyat bilan belgilangan.Rossiya Qurolli Kuchlarining (RQK) G‘arbiy va Janubiy qismlari 25-yanvar kuni trevoga bilan oyoqqa turg‘azildi, to‘planish hududlari, qo‘shin poligonlariga chiqib, rejali o‘quv-jangovar vazifalarni hal qilishmoqda. Ikki harbiy okrugning 7000 mingdan ziyod harbiy xizmatchilari va yuzlab qurol-yaroqlari, harbiy va maxsus texnikalari jalb qilingan. Tezkor vaziyatning yagona rejasida umumqo‘shin armiyasining taktik guruhlari, HHK va MHQga bo‘linmalari, Boltiq va Qora dengiz flotlari, Kaspiy flotiliyasining kema guruhlari harakat qilishmoqda. Shu bilan bir qatorda Rossiya kuchlari va vositalari chegaradosh Boltiq, Janubiy Kavkaz mamlakatlari va Ukraina xavfsizligiga tahdid tug‘dirmaydilar.Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo‘lgan hududda 1-tank armiyasi va 58-umumqo‘shin armiyasi harakatga keldi. Dalalarda “Iskander-M” tezkor-taktik majmualari va “Akatsiya” o‘ziyurar artilleriya qurilmalari joylashtirilgan. G‘arbiy va Janubiy okrug qo‘shinlari va kuchlarining uzoq masofaga tashlangandan keyin jangovar vazifalarni bajarishga bo‘lgan shayligi tekshirilmoqda. Qrim, Kuban va Rostov viloyatida 60 dan ziyod Su-27SM, Su-30SM2, Su-34 qiruvchilari va bombardimonchilari nishondan maksimal uzoqlikda raketa zarbalarini qaytarishni mashq qilishmoqda.“Hamma tinchlansin”. Ukrainani kim garovga oldiDneprbo‘yidagi Rossiya tinchlikparvar bo‘linmalari (G‘arbiy harbiy okrug tuzilmasiga kiradi) to‘planish hududlariga cho‘zilib rejali vazifalarni bajarishmoqda.Boltiq, Qora va Kaspiy dengizlarida ikki flot va bir flotiliyaning kema guruhlari mashq qilishmoqda. Boltiqdagi mashg‘ulotlar chog‘ida "Mitishi", "Odinsovo" va "Zeleniy Dol" kichik raketali kemalar havodan dushman hujumi sahnalashtirilgan nishonlarni mo‘ljalga olishdi.Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi sayyoranng turli burchaklarida Rossiya Harbiy-dengiz flotining 140 ta kemalar va 10 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar ishtirokidagi qator mashg‘ulotlari boshlangani haqida xabar qilgandi.10-20 fevral kunlari Belarus Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadigan “Ittifoq jur’ati – 2022” ("Soyuznaya reshimost – 2022") Rossiya-Belarus qo‘shma mashg‘ulotlariga faol tayyorgarlik ko‘rish davom etmoqda. Ukrain yo‘nalishidagi qiyin tezkor vaziyatni inobatga olib, Belarus Davlat chegara qo‘mitasi davlat chegaralarini himoya qilish uchun zaxira kuchlari va vositalarini bir joyga to‘pladi.Qizil chiziq yonidagi qarama-qarshilikG‘arbiy va Janubiy harbiy okruglarning jangovar shayligini tekshirish 29-yanvargacha davom etadi, ammo ikki ilg‘or okruglar qismlarining doimiy shayligi “siqilgan prujina” shaklida o‘zgarmasdan turadi. Sharq va G‘arb qarama-qarshiligining zamonaviy realligi shunaqa.AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 26-yanvar kuni britaniyalik hamkasbi Liz Trass bilan “Rossiyaning uning chegaralaridagi tajovuzni” muhokama qildi. Bir kun oldin efirga uzatilgan Antantika kengashi tadbirida Rossiya qo‘shinlari Belarus bilan qo‘shma mashg‘ulotlar yakunlanishi bilan, ya’ni 20-fevral kuni “127 000 gacha kishi” Ukrainaga bostirib kiradi.Ukraincha Dunkerk: NATO yakkalangan va tushkunlik kayfiyatidaVashington birinchi oy emaski Rossiya Ukrainaga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rapti deb yolg‘on tarqatapti. Uning hatto Dneprbo‘yi tomonidan Rossiya tajovuzi “varianti” ham bor. Dunyoning turli mamlakatlariga sababsiz bostirib kirish bu Pentagon va NATOga xosligi ayon (Afg‘oniston, Yugoslaviya, Iroq, Liviya va Suriyani yodga olaylik). Alyansning Shimoliy Yevropadagi harbiy kuchlari va Kiyevning tajovuzkor rejimi o‘smoqda. Bular ham AQSh geosiyosiy tajribalarining mahsuli.Rossiya Ukrainaga ig‘voli amerika qurol-yaroqlari yetkazib berilishi va AQSh HDK kemalarining Rossiya qirg‘oqlarida doimiy bo‘lish turishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan ish deb hisoblaydi. Moskva Amerikaning rusofobiyani yetishtirishini, Vashingtonning xalqaro munosabatlardagi ikki tomonla standartlarini qoralaydi. Rossiya G‘arb bilan munosabatlarini jiddiy o‘zgartirishga tayyor – o‘zaro xavfsizli shartnomasi yoki boshqa usullar bilan, biroq Qo‘shma Shtatlar “qoidalari” bilan emas.Vashington va Brussel hozircha Moskva bilan muloqotda o‘zaro murosaga kelishga tayyor emas. Rossiyaning sulh takliflariga AQSh va NATO nokonstruktiv munosabat bildirmoqda va bu bilan o‘z fuqarolari xavfsizlikdan mahrum qilmoqda.Pentagon Yevropaga Shimoliy Amerikadan qo‘shimcha qo‘shinlarni tashlamoqchi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz mingdan o‘n besh ming askargacha. Daniya Boltiq dengiziga fregat, Litvaga esa to‘rtta F-16 qiruvchilarini yubormoqda. Niderlandiya Bolgariyaga ikkita F-35 qiruvchilarini jo‘natmoqda. Ispaniya va Fransiya Ruminiyada harbiylar sonini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.Shunga qaramasdan amerikaliklar Moskvaning tichnlik “ultimatumini” e’tiborsiz qoldira olishmaydi. Xavfsizlikka oid muzokaralarni uzoqqa cho‘za olishmaydi. Natocha “qiliqlar raqsi” avvalo ularning o‘zlariga tahdid soladi.Yadroviy superderjava sifatida Rossiya harbiy jihatdan zaif emas, texnologik jihatdan esa “hamkorlarning” har qanday variantlariga javob qaytarishga shay.AQSh Rossiya bilan so‘nggi ukrainalik qolgunicha jang qilmoqchiEhtimol, Moskva fevralda “B rejasi”ni amalga oshirishga kirishadi, ya’ni amerikaliklar va ularning butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilarini boshqa siyosiy va harbiy texnika usullari bilan majburlaydi.Bu haqda Rossiya TIV Sergey Lavrov yana bir marta eslatib o‘tdi. Albatta, bu Uchinchi jahon urushi, Ukrainaga bostirib kirish emas. Shunga qaramay Kreml xatti-harakatlari Oq uyni muayan “ramkaga” solib qo‘yadi. Yaxshilikcha yoki yomonlikcha amerikaliklarning jiddiy yon berishlariga to‘g‘ri keladi.Vashingtonning Moskva strategiyasi va siyosatiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan vositalari yo‘q. “Gegemonani” talab va imkoniyatdan kelib chiqib o‘lchashga, ko‘p qutbli dunyoning qat’iy shart-sharoitlariga moslashishga to‘g‘ri keladi. London Rossiya HDK tomonidan fevralda raketa otish va bomba uloqtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazilishi haqidagi xabarnomani olib bo‘lgan. Ular Britaniya sohillaridan 250 km uzoqlikda o‘tkaziladi.Global xavfsizlik tizimi tubdan o‘zgarishi kutilmoqda. Uning asosida NATOning kengayishdan bosh tortishi, alyansning postsovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni bas qilishi, Sharqiy Yevropa davlatlaridan chet el qo‘shinlari va qurol-yaroqlarni olib chiqish ketish bor. Rossiya HDKning Tinch dengizidagi va Rossiyaning g‘arbiy qismidagi ikki harbiy okrugning keng ko‘lamli (yuqori texnologiyali) jangovar shaylik tadbirlari ishonchli ravishda isbotlamoqda: “hamkorlarning” qulay muqobil yo‘li yo‘q.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1b/22410655_160:0:2891:2048_1920x0_80_0_0_c047d8eeaf12afface57bea2d77597a2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
rossiya qo‘shinlar shayligi rossiya ukraina urushi
rossiya qo‘shinlar shayligi rossiya ukraina urushi
Rossiya qo‘shinlarining jangovar shayligi nima sababdan tekshirilmoqda
14:23 27.01.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Qo‘shinlarning maxsus tayyorgarligi va jangovar shayligi poligonlarda, safarlarda va parvozlarda shakllanadi. Bu Rossiya va uning ittifoqchilarining mudofaa qobiliyati, xavfsizligi va suvereniteti asosidir.
Birdaniga Rossiyaning ikkita – G‘arbiy va Janubiy harbiy okruglarining jangovar shayligini tekshirish Rossiya mudofaa vazirligining rejalari va Yevropadagi murakkab harbiy-siyosiy vaziyat bilan belgilangan.
Rossiya Qurolli Kuchlarining (RQK) G‘arbiy va Janubiy qismlari 25-yanvar kuni trevoga bilan oyoqqa turg‘azildi, to‘planish hududlari, qo‘shin poligonlariga chiqib, rejali o‘quv-jangovar vazifalarni hal qilishmoqda. Ikki harbiy okrugning 7000 mingdan ziyod harbiy xizmatchilari va yuzlab qurol-yaroqlari, harbiy va maxsus texnikalari jalb qilingan. Tezkor vaziyatning yagona rejasida umumqo‘shin armiyasining taktik guruhlari, HHK va MHQga bo‘linmalari, Boltiq va Qora dengiz flotlari, Kaspiy flotiliyasining kema guruhlari harakat qilishmoqda. Shu bilan bir qatorda Rossiya kuchlari va vositalari chegaradosh Boltiq, Janubiy Kavkaz mamlakatlari va Ukraina xavfsizligiga tahdid tug‘dirmaydilar.
Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo‘lgan hududda 1-tank armiyasi va 58-umumqo‘shin armiyasi harakatga keldi. Dalalarda “Iskander-M” tezkor-taktik majmualari va “Akatsiya” o‘ziyurar artilleriya qurilmalari joylashtirilgan. G‘arbiy va Janubiy okrug qo‘shinlari va kuchlarining uzoq masofaga tashlangandan keyin jangovar vazifalarni bajarishga bo‘lgan shayligi tekshirilmoqda. Qrim, Kuban va Rostov viloyatida 60 dan ziyod Su-27SM, Su-30SM2, Su-34 qiruvchilari va bombardimonchilari nishondan maksimal uzoqlikda raketa zarbalarini qaytarishni mashq qilishmoqda.
Dneprbo‘yidagi Rossiya tinchlikparvar bo‘linmalari (G‘arbiy harbiy okrug tuzilmasiga kiradi) to‘planish hududlariga cho‘zilib rejali vazifalarni bajarishmoqda.
Boltiq, Qora va Kaspiy dengizlarida ikki flot va bir flotiliyaning kema guruhlari mashq qilishmoqda. Boltiqdagi mashg‘ulotlar chog‘ida "Mitishi", "Odinsovo" va "Zeleniy Dol" kichik raketali kemalar havodan dushman hujumi sahnalashtirilgan nishonlarni mo‘ljalga olishdi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi sayyoranng turli burchaklarida Rossiya Harbiy-dengiz flotining 140 ta kemalar va 10 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar ishtirokidagi qator mashg‘ulotlari boshlangani haqida xabar qilgandi.
10-20 fevral kunlari Belarus Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadigan “Ittifoq jur’ati – 2022” ("Soyuznaya reshimost – 2022") Rossiya-Belarus qo‘shma mashg‘ulotlariga faol tayyorgarlik ko‘rish davom etmoqda. Ukrain yo‘nalishidagi qiyin tezkor vaziyatni inobatga olib, Belarus Davlat chegara qo‘mitasi davlat chegaralarini himoya qilish uchun zaxira kuchlari va vositalarini bir joyga to‘pladi.
Qizil chiziq yonidagi qarama-qarshilik
G‘arbiy va Janubiy harbiy okruglarning jangovar shayligini tekshirish 29-yanvargacha davom etadi, ammo ikki ilg‘or okruglar qismlarining doimiy shayligi “siqilgan prujina” shaklida o‘zgarmasdan turadi. Sharq va G‘arb qarama-qarshiligining zamonaviy realligi shunaqa.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 26-yanvar kuni britaniyalik hamkasbi Liz Trass bilan “Rossiyaning uning chegaralaridagi tajovuzni” muhokama qildi. Bir kun oldin efirga uzatilgan Antantika kengashi tadbirida Rossiya qo‘shinlari Belarus bilan qo‘shma mashg‘ulotlar yakunlanishi bilan, ya’ni 20-fevral kuni “127 000 gacha kishi” Ukrainaga bostirib kiradi.
Vashington birinchi oy emaski Rossiya Ukrainaga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rapti deb yolg‘on tarqatapti. Uning hatto Dneprbo‘yi tomonidan Rossiya tajovuzi “varianti” ham bor. Dunyoning turli mamlakatlariga sababsiz bostirib kirish bu Pentagon va NATOga xosligi ayon (Afg‘oniston, Yugoslaviya, Iroq, Liviya va Suriyani yodga olaylik). Alyansning Shimoliy Yevropadagi harbiy kuchlari va Kiyevning tajovuzkor rejimi o‘smoqda. Bular ham AQSh geosiyosiy tajribalarining mahsuli.
Rossiya Ukrainaga ig‘voli amerika qurol-yaroqlari yetkazib berilishi va AQSh HDK kemalarining Rossiya qirg‘oqlarida doimiy bo‘lish turishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan ish deb hisoblaydi. Moskva Amerikaning rusofobiyani yetishtirishini, Vashingtonning xalqaro munosabatlardagi ikki tomonla standartlarini qoralaydi. Rossiya G‘arb bilan munosabatlarini jiddiy o‘zgartirishga tayyor – o‘zaro xavfsizli shartnomasi yoki boshqa usullar bilan, biroq Qo‘shma Shtatlar “qoidalari” bilan emas.
Vashington va Brussel hozircha Moskva bilan muloqotda o‘zaro murosaga kelishga tayyor emas. Rossiyaning sulh takliflariga AQSh va NATO nokonstruktiv munosabat bildirmoqda va bu bilan o‘z fuqarolari xavfsizlikdan mahrum qilmoqda.
Pentagon Yevropaga Shimoliy Amerikadan qo‘shimcha qo‘shinlarni tashlamoqchi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz mingdan o‘n besh ming askargacha. Daniya Boltiq dengiziga fregat, Litvaga esa to‘rtta F-16 qiruvchilarini yubormoqda. Niderlandiya Bolgariyaga ikkita F-35 qiruvchilarini jo‘natmoqda. Ispaniya va Fransiya Ruminiyada harbiylar sonini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Shunga qaramasdan amerikaliklar Moskvaning tichnlik “ultimatumini” e’tiborsiz qoldira olishmaydi. Xavfsizlikka oid muzokaralarni uzoqqa cho‘za olishmaydi. Natocha “qiliqlar raqsi” avvalo ularning o‘zlariga tahdid soladi.
Yadroviy superderjava sifatida Rossiya harbiy jihatdan zaif emas, texnologik jihatdan esa “hamkorlarning” har qanday variantlariga javob qaytarishga shay.
Ehtimol, Moskva fevralda “B rejasi”ni amalga oshirishga kirishadi, ya’ni amerikaliklar va ularning butun dunyo bo‘ylab ittifoqchilarini boshqa siyosiy va harbiy texnika usullari bilan majburlaydi.
Bu haqda Rossiya TIV Sergey Lavrov yana bir marta eslatib o‘tdi. Albatta, bu Uchinchi jahon urushi, Ukrainaga bostirib kirish emas. Shunga qaramay Kreml xatti-harakatlari Oq uyni muayan “ramkaga” solib qo‘yadi. Yaxshilikcha yoki yomonlikcha amerikaliklarning jiddiy yon berishlariga to‘g‘ri keladi.
Vashingtonning Moskva strategiyasi va siyosatiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan vositalari yo‘q. “Gegemonani” talab va imkoniyatdan kelib chiqib o‘lchashga, ko‘p qutbli dunyoning qat’iy shart-sharoitlariga moslashishga to‘g‘ri keladi. London Rossiya HDK tomonidan fevralda raketa otish va bomba uloqtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazilishi haqidagi xabarnomani olib bo‘lgan. Ular Britaniya sohillaridan 250 km uzoqlikda o‘tkaziladi.
Global xavfsizlik tizimi tubdan o‘zgarishi kutilmoqda. Uning asosida NATOning kengayishdan bosh tortishi, alyansning postsovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni bas qilishi, Sharqiy Yevropa davlatlaridan chet el qo‘shinlari va qurol-yaroqlarni olib chiqish ketish bor. Rossiya HDKning Tinch dengizidagi va Rossiyaning g‘arbiy qismidagi ikki harbiy okrugning keng ko‘lamli (yuqori texnologiyali) jangovar shaylik tadbirlari ishonchli ravishda isbotlamoqda: “hamkorlarning” qulay muqobil yo‘li yo‘q.