Viloyatlarda gaz va elektr ta’minoti qachon to‘liq tiklanadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya sifrovogo banka "Sfera"
Prezentatsiya sifrovogo banka Sfera - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2022
Obuna bo‘lish
Gaz bosimi nisbatan past hududlar ma’lum qilindi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Energetika vazirligi tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ko‘rilgan choralar tufayli tabiiy gaz iste’molchilarining 67 %da ijobiy natijaga erishildi.
Gaz bosimi nisbatan past hududlar ro‘yxati: Farg‘ona viloyatida — 57%; Andijon viloyatida — 75%; Namangan viloyatida — 58%; Toshkent viloyatida — 99%; Surxondaryo viloyatida — 32%; Toshkent shahrida — 18%. Bu hudud iste’molchilarining tabiiy gaz bosimini barqarorlashtirish uchun kerakli ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan tayyorlangan ma’lumotga ko‘ra, Qorakalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida 100 % elektr ta’minoti mavjud.
Andijon viloyati — 89%, Namangan viloyati — 91%, Farg‘ona viloyati — 91%.
Soat 16:00 da barcha hududlarda elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0