https://oz.sputniknews.uz/20220127/qamaldagi-leningradning-ozod-qilinishi-arxiv-lavhalar-22413578.html
Qamalda qolgan Leningrad - arxiv lavhalar
Qamalda qolgan Leningrad - arxiv lavhalar
Sputnik O‘zbekiston
Qamalda qolgan Leningrad - arxiv lavhalar
2022-01-27T16:14+0500
2022-01-27T16:14+0500
2022-01-27T16:42+0500
video
multimedia
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1b/15874822_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_c352f533d2eb1a21b22694fce7a41ad6.jpg
Ikkinchi jahon urushi yillarida Leningrad blokadasi sovet xalqi uchun eng dahshatli sinovlardan biriga aylandi. Shaharni qamal qilish 872 kun davom etdi.Shaharni tashqi dunyo bilan bog‘lagan yagona "ip" Ladoga ko‘li orqali o‘tadigan marshrut - "Hayot yo‘li" edi. Biroq transport arteriyasi aholini yetarlicha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlay olmadi.Shahar zulmatga botdi: dahshatli ocharchilik, bombardimon - bularning barchasi 2,5 yil davomida sovet fuqarolarini o‘rab olgandi."Doimiy bombardimon va ochlikka qaramay, leningradliklar frontga qurol-yarog‘, kiyim-kechak, o‘q-dorilar berish maqsadida qattiq mehnat qilishda davom etdilar. 200 mingdan ortiq shahar aholisi xalq armiyasi safiga jo‘nadi, yana 300 ming nafari mahalliy havo mudofaaga qarshi bo‘linmalari safiga qo‘shildi", - Rossiya Mudofaa vazirligi statistik ma’lumotlarni keltiradi.Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 640 mingdan ortiq odam blokada qurboni bo‘ldi, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra - 1,5 million.Urush paytida Ukraina, Belarussiya va Rossiyadan turli millatga mansub 1 milliondan ortiq aholi, shu jumladan 200 ming nafar yosh bolalar O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan.Bir kuni shaharga qamaldagi Leningrad bolalarini olib kelayotgan sostav kelishi ma’lum bo‘ldi. Vokzalga minglab o‘zbek ayollari kelishdi. Ular ochlikdan tinkasi qurigan bolalarni o‘z tarbiyasiga berishni iltimos qilishar, hattoki talab qilishar, bu haqda o‘tinib so‘rar edilar.Ma’lumotlarga qaraganda, ularning 400 mingga yaqini — bola, shulardan 200 mingdan ortig‘i chin yetim bo‘lgan. Shuncha bolani O‘zbekistonning minglab oilasi o‘z bag‘riga oldi va bir mayizni qirq bo‘lib yedi."Leningrad mudofaasi uchun" medali bilan 1,5 million kishi, shu jumladan 5000 maktab o‘quvchilari mukofotlandi. 1965-yilda Leningradga "Qahramon shahar" unvoni berildi.Afsonaviy shahar qanday yashaganligi haqida arxiv lavhani tomosha qilishingiz mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Nachalo blokadi Leningrada
Sputnik O‘zbekiston
SPUTNIK_Nachalo blokadi Leningrada
2022-01-27T16:14+0500
true
PT1M02S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1b/15874822_0:0:960:720_1920x0_80_0_0_0c14528c706de0e0e146d37b7672d029.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qamalda qolgan leningradni ozod qilinishi - arxiv lavhalar
qamalda qolgan leningradni ozod qilinishi - arxiv lavhalar
Qamalda qolgan Leningrad - arxiv lavhalar
16:14 27.01.2022 (yangilandi: 16:42 27.01.2022) 1944 yil 27-yanvar - barcha sovet xalqi uchun unutilmas sana hisoblanadi, shu kuni Sovet qo‘shinlari 872 kun davom etgan Leningrad blokadasini olib tashladilar. Nemis bosqinchilarining hujumi ostida qolmaslik uchun shahar "tishlarni g‘ijirlatib" oxirigacha chidadi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Leningrad blokadasi sovet xalqi uchun eng dahshatli sinovlardan biriga aylandi. Shaharni qamal qilish 872 kun davom etdi.
Shaharni tashqi dunyo bilan bog‘lagan yagona "ip" Ladoga ko‘li orqali o‘tadigan marshrut - "Hayot yo‘li" edi. Biroq transport arteriyasi aholini yetarlicha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlay olmadi.
Shahar zulmatga botdi: dahshatli ocharchilik, bombardimon - bularning barchasi 2,5 yil davomida sovet fuqarolarini o‘rab olgandi.
"Doimiy bombardimon va ochlikka qaramay, leningradliklar frontga qurol-yarog‘, kiyim-kechak, o‘q-dorilar berish maqsadida qattiq mehnat qilishda davom etdilar. 200 mingdan ortiq shahar aholisi xalq armiyasi safiga jo‘nadi, yana 300 ming nafari mahalliy havo mudofaaga qarshi bo‘linmalari safiga qo‘shildi", - Rossiya Mudofaa vazirligi statistik ma’lumotlarni keltiradi.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 640 mingdan ortiq odam blokada qurboni bo‘ldi, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra - 1,5 million.
Urush paytida Ukraina, Belarussiya va Rossiyadan turli millatga mansub 1 milliondan ortiq aholi, shu jumladan 200 ming nafar yosh bolalar O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan.
Bir kuni shaharga qamaldagi Leningrad bolalarini olib kelayotgan sostav kelishi ma’lum bo‘ldi. Vokzalga minglab o‘zbek ayollari kelishdi. Ular ochlikdan tinkasi qurigan bolalarni o‘z tarbiyasiga berishni iltimos qilishar, hattoki talab qilishar, bu haqda o‘tinib so‘rar edilar.
Ma’lumotlarga qaraganda, ularning 400 mingga yaqini — bola, shulardan 200 mingdan ortig‘i chin yetim bo‘lgan. Shuncha bolani O‘zbekistonning minglab oilasi o‘z bag‘riga oldi va bir mayizni qirq bo‘lib yedi.
"Leningrad mudofaasi uchun" medali bilan 1,5 million kishi, shu jumladan 5000 maktab o‘quvchilari mukofotlandi. 1965-yilda Leningradga "Qahramon shahar" unvoni berildi.
Afsonaviy shahar qanday yashaganligi haqida arxiv lavhani tomosha qilishingiz mumkin.