O‘zbekistondagi blekaut ortda qoldi

© Pixabay / jplenioLampochka, illyustrativnoe foto
Lampochka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2022
Obuna bo‘lish
Ikki kunlik elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar tugadi. 27-yanvar kuni soat 16:00 dan barcha hududlarga “svet” berildi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi, deb ma’lum qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasidan tashqari barcha elektr stansiyalarning ish faoliyati tiklangan.
“Bugun, 27-yanvar kuni soat 16:00 dan respublikamizning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik mamlakatda gaz ta’minoti hozircha to‘liq tiklanmaganini inobatga olgan holda, aholidan elektr energiyasi uzilishlarini oldini olish uchun ehtiyojdan tashqari elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘ramoqda.
Mirziyoyev elektr energiyasidagi uzilishga munosabat bildirdi
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo energetika halqasida sodir bo‘lgan yirik avariya tufayli 25-yanvar kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda bir necha soatga elektr ta’minoti butunlay uzilib qolgan edi.

Mavzuga oid:

Nima sababdan O‘zbekistonda blekaut yuz berdi – ekspert javoblari
Viloyatlarda gaz va elektr ta’minoti qachon to‘liq tiklanadi
Hukumat komissiyasi elektr energiyasidagi uzilish sabablarini aniqlaydi
“Vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida” – Asadov
Barcha shifoxonalarda elektr uzluksizligi ta’minlanmoqda - SSV
Yangiliklar lentasi
0