Mahmud Murodovning jangi bekor qilindi

© Sosseti / Makhmud MuradovMaxmud Muradov
Maxmud Muradov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2022
Obuna bo‘lish
Sportchi 26-fevral kuni UFC musobaqasida Latviya vakiliga qarshi jang qilishi kerak edi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodovning (25-7) UFC’dagi beshinchi jangi bekor qilindi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Sportchining yozishicha, u mashg‘ulotlarda qo‘lidan jarohat olgan. Muayan tekshiruvlardan so‘ng tiklanish jarayoni qancha davom etishi aniq bo‘ladi.
“Raqibim, UFC va barcha muxlislarimdan uzr so‘rayman. 26-fevral kuni jang qilishni juda xohlagan edim, puxta tayyorgarlik ko‘rdim, afsuski, jarohat ham peshonamizda bor ekan. Bu jang martga ko‘chirilsa xursand bo‘lardim”, - deya yozgan Murodov.
Mahmud Murodovning AQShning Las-Vegasda o‘tkaziladigan UFC musobaqasida Latviya vakili Misha Sirkunovga qarshi jang qilishi kerak edi.
Murodov oxirgi jangini 2021-yilning avgust oyida Jerald Mirshertga (33-14) qarshi o‘tkazib, UFC’dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan edi.
Yangiliklar lentasi
0