Jamiyat

Gaz zapravkalardagi cheklov sabab haydovchilardan Ai-80 benzinidan foydalanib turish soʻraldi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravka benzinom
Zapravka benzinom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi gaz zapravkalarda vaqtinchalik cheklovlar saqlanib turibdi.
TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Energetika vazirligi Oʻzbekistondagi gaz taʼminoti boʻyicha navbatdagi maʼlumotni taqdim etdi.
Qayd etilishicha, ayni paytda Fargʻona vodiysiga gaz taʼminotini normallashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu ishlarni yaqin vaqt ichida yakunlash rejalashtirilgan.
Bugun ertalabdan boshlab shaharlararo yoʻnalishlar boʻylab, shuningdek, aksariyat hududlarda gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejimida ishlay boshladi.
Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida gaz bosimi meʼyori pastligi bois, bu viloyatlardagi gaz quyish shoxobchalarida vaqtinchalik cheklovlar saqlanib turibdi.
“Avtomobil haydovchilariga ushbu vaziyatni tushunganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va iloji boʻlsa, zarur hollarda muqobil yoqilgʻi turi – AI-80 benzini yoki boshqa markalardan foydalanib turishlarini soʻraymiz.
Ertaga ertalabdan boshlab respublikadagi barcha gaz quyish shoxobchalari odatiy ish rejimida ishlay boshlaydi”, - deyilgan bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0