https://oz.sputniknews.uz/20220127/foyda-va-istiqbollar-qoshni-mamlakatlar-ozbekiston-bilan-hamkorlikni-qanday-baholashmoqda-22415516.html
Foyda va istiqbollar: qo‘shni mamlakatlar O‘zbekiston bilan hamkorlikni qanday baholashmoqda
Foyda va istiqbollar: qo‘shni mamlakatlar O‘zbekiston bilan hamkorlikni qanday baholashmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Qaysi mamlakatlar O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda? Xalqaro hamjamiyat uchun O‘zbekiston iqtisodiyotining aynan qaysi sohalari istiqbolli ko‘rinadi?.. 27.01.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-01-27T22:15+0500
2022-01-27T22:15+0500
2022-01-27T22:15+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hamkorlik
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/28/13922848_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_6bae8e149ecd0b164adca8a7c9f282fd.jpg
O‘zbekiston Hindiston, Xitoy va BAA bilan bir qatorda eng istiqbolli salohiyatli erkin savdo hududlari ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu reyting 25-yanvar kuni Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) tomonidan “YeOTB integratsiyasi biznes barometri” hisoboti taqdimoti chog‘ida e’lon qilindi.Reyting Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekistondagi yirik va o‘rta biznes vakillari bo‘lgan 337 ta kompaniya o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra tuzilgan. So‘rovnomada, shuningdek, yuqori darajadagi rahbarlar, 180 ta o‘rta va 157 ta yirik kompaniyalar bo‘limlari rahbarlari va menedjerlari ishtirok etgan.ESH nega kerakEOTB hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, Rossiya bilan hamkorlik Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo barcha mamlakatlar uchun an’anaviy tarzda ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Shunday qilib, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kompaniyalari vakillari Rossiya kompaniyalarini asosiy biznes hamkorlar ro‘yxatida 1- o‘ringa qo‘yishgan.Shunga qaramay, so‘rovnoma ishtirokchilari kelajakni integratsiya, ya’ni YeOII erkin savdo hududlarini kengaytirish bilan bog‘liq, deb hisoblashadi. Erkin savdo hududi (yoki ESH) - ishtirokchi davlatlar bir-biri uchun bojxona to‘lovlari, yig‘imlar va soliqlarni bekor qilgan xalqaro integratsiyaning bir turi. Shu sababli, respondentlarning 73 foizi savdo darajasidagi integratsiya biznes yuritishni osonlashtiradi, deb hisoblaydi.Bundan tashqari, ESH o‘zaro savdodagi miqdoriy cheklovlarni bekor qilishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, har bir davlat uchinchi davlatlar bilan o‘z savdo rejimini o‘rnatish huquqini, ya’ni o‘z mustaqilligini saqlab qoladi.O‘zbekiston Markaziy Osiyo lideri bo‘ladimi - iqtisodchilar fikriESH faoliyati odatda davlatlararo kotibiyat tomonidan nazorat qilinadi. Agar mamlakatlar vaqti-vaqti bilan savdo masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazib borsa va kelgusi hamkorlik algoritmi bo‘yicha kelishib olsa, kotibiyat nazoratisiz ham faoliyat yuritish mumkin.Ayni paytda YeOII Vyetnam, Eron, Serbiya va Singapur bilan erkin savdo shartnomalariga ega. Bundan tashqari, ittifoq Misr, Eron, Hindiston va Indoneziya bilan yangi erkin savdo shartnomalarini yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.So‘rovnoma ishtirokchilari Xitoyni erkin savdoning geografik kengayish bo‘yicha eng istiqbolli mamlakat deb hisoblaydi. Potensial istiqbolli erkin savdo hududlari ro‘yxatida Xitoydan so‘ng O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Yevropa davlatlari turibdi.Kim O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqdaQo‘shni davlatlar uchun hamkorlikning foydali jihatlari shundaki, hamkorlik jarayonida logistika masalalari ancha soddalashtiriladi, tilga oid to‘siqlar ham yo‘q. YeOTB so‘rovnomasiga ko‘ra, 337 kompaniyaning 80 foizi YeOII mamlakatlarida o‘z hamkorlari yoki mijozlariga ega. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishi esa savdo-sotiqdir.Qaysi YeOII davlatlari O‘zbekiston bilan savdoda ancha faol? So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Tojikiston O‘zbekiston bilan savdo sohasida juda faol hamkorlik qilmoqda - xalqaro hamkorlikka ega bo‘lgan so‘rovnomada qatnashgan kompaniyalarning 46 foizi O‘zbekistonni yetakchi hamkor deb atagan. Rossiya ham O‘zbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantirmoqda (40 foiz).Keyingi o‘rinlarda Belarus (38 foiz), so‘ng- Qirg‘iziston (35 foiz), Qozog‘iston (21 foiz) va Armaniston (13 foiz) turibdi.Kelgusi 5-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini qanday o‘zgarishlar kutmoqdaFaqatgina savdo-sotiq bilan emasSavdo–sotiqqa yuqori talabga qaramay, so‘rovnomada qatnashgan barcha mamlakatlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish zarurligini bildirgan. YeOII respondentlari savdo-sotiqdan so‘ng, hamkorlikning eng ustuvor yo‘nalishlari deb sanoat va ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni ko‘rsatmoqda.MDH mintaqasida yana Rossiya ilmiy hamkorlik bo‘yicha yetakchilik qilmoqda - so‘rovnoma ishtirokchilarining 51 foizi Rossiya bilan hamkorlik qilishni xohlaydi. Reytingda ikkinchi o‘rin Belarus (21 foiz), uchinchi o‘rin esa Qozog‘istonga (17 foiz) tegishli. Beshinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston bilan esa 8 foiz respondent hamkorlik qilishga tayyor.Sanoat sohasida O‘zbekiston Rossiya (49 foiz), Belarus (23 foiz) va Qozog‘istondan (21 foiz) keyin to‘rtinchi o‘rinni egallagan. So‘rovnoma ishtirokchilarining 16 foizi O‘zbekiston bilan sanoatni rivojlantirishini istashini bildirgan.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston YeOTBga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan edi. Bank raisi Nikolay Podguzov mamlakatni “hurmatli va qudratli aksiyador” deb atagan edi.Prezident 2022-yildagi iqtisodiyot sohasining vazifalarini ko‘rsatib o‘tdi
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/28/13922848_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_a2becd8a26bf2d0289be71afac17a0bf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, iqtisod
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, iqtisod
Foyda va istiqbollar: qo‘shni mamlakatlar O‘zbekiston bilan hamkorlikni qanday baholashmoqda
Qaysi mamlakatlar O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda? Xalqaro hamjamiyat uchun O‘zbekiston iqtisodiyotining aynan qaysi sohalari istiqbolli ko‘rinadi? Savollarga javoblarni Sputnik O‘zbekiston sharhida o‘qing.
O‘zbekiston Hindiston, Xitoy va BAA bilan bir qatorda eng istiqbolli salohiyatli erkin savdo hududlari ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu reyting 25-yanvar kuni Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) tomonidan “YeOTB integratsiyasi biznes barometri” hisoboti taqdimoti chog‘ida e’lon qilindi.
Reyting Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekistondagi yirik va o‘rta biznes vakillari bo‘lgan 337 ta kompaniya o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra tuzilgan. So‘rovnomada, shuningdek, yuqori darajadagi rahbarlar, 180 ta o‘rta va 157 ta yirik kompaniyalar bo‘limlari rahbarlari va menedjerlari ishtirok etgan.
YeOTB hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, Rossiya bilan hamkorlik Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo barcha mamlakatlar uchun an’anaviy tarzda ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Shunday qilib, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kompaniyalari vakillari Rossiya kompaniyalarini asosiy biznes hamkorlar ro‘yxatida 1- o‘ringa qo‘yishgan.
Shunga qaramay, so‘rovnoma ishtirokchilari kelajakni integratsiya, ya’ni YeOII erkin savdo hududlarini kengaytirish bilan bog‘liq, deb hisoblashadi. Erkin savdo hududi (yoki ESH) - ishtirokchi davlatlar bir-biri uchun bojxona to‘lovlari, yig‘imlar va soliqlarni bekor qilgan xalqaro integratsiyaning bir turi. Shu sababli, respondentlarning 73 foizi savdo darajasidagi integratsiya biznes yuritishni osonlashtiradi, deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, ESH o‘zaro savdodagi miqdoriy cheklovlarni bekor qilishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, har bir davlat uchinchi davlatlar bilan o‘z savdo rejimini o‘rnatish huquqini, ya’ni o‘z mustaqilligini saqlab qoladi.
ESH faoliyati odatda davlatlararo kotibiyat tomonidan nazorat qilinadi. Agar mamlakatlar vaqti-vaqti bilan savdo masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazib borsa va kelgusi hamkorlik algoritmi bo‘yicha kelishib olsa, kotibiyat nazoratisiz ham faoliyat yuritish mumkin.
Ayni paytda YeOII Vyetnam, Eron, Serbiya va Singapur bilan erkin savdo shartnomalariga ega. Bundan tashqari, ittifoq Misr, Eron, Hindiston va Indoneziya bilan yangi erkin savdo shartnomalarini yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
So‘rovnoma ishtirokchilari Xitoyni erkin savdoning geografik kengayish bo‘yicha eng istiqbolli mamlakat deb hisoblaydi. Potensial istiqbolli erkin savdo hududlari ro‘yxatida Xitoydan so‘ng O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Yevropa davlatlari turibdi.
Kim O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqda
Qo‘shni davlatlar uchun hamkorlikning foydali jihatlari shundaki, hamkorlik jarayonida logistika masalalari ancha soddalashtiriladi, tilga oid to‘siqlar ham yo‘q. YeOTB so‘rovnomasiga ko‘ra, 337 kompaniyaning 80 foizi YeOII mamlakatlarida o‘z hamkorlari yoki mijozlariga ega. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishi esa savdo-sotiqdir.
Qaysi YeOII davlatlari O‘zbekiston bilan savdoda ancha faol? So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Tojikiston O‘zbekiston bilan savdo sohasida juda faol hamkorlik qilmoqda - xalqaro hamkorlikka ega bo‘lgan so‘rovnomada qatnashgan kompaniyalarning 46 foizi O‘zbekistonni yetakchi hamkor deb atagan. Rossiya ham O‘zbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantirmoqda (40 foiz).
Keyingi o‘rinlarda Belarus (38 foiz), so‘ng- Qirg‘iziston (35 foiz), Qozog‘iston (21 foiz) va Armaniston (13 foiz) turibdi.
Faqatgina savdo-sotiq bilan emas
Savdo–sotiqqa yuqori talabga qaramay, so‘rovnomada qatnashgan barcha mamlakatlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish zarurligini bildirgan. YeOII respondentlari savdo-sotiqdan so‘ng, hamkorlikning eng ustuvor yo‘nalishlari deb sanoat va ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni ko‘rsatmoqda.
MDH mintaqasida yana Rossiya ilmiy hamkorlik bo‘yicha yetakchilik qilmoqda - so‘rovnoma ishtirokchilarining 51 foizi Rossiya bilan hamkorlik qilishni xohlaydi. Reytingda ikkinchi o‘rin Belarus (21 foiz), uchinchi o‘rin esa Qozog‘istonga (17 foiz) tegishli. Beshinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston bilan esa 8 foiz respondent hamkorlik qilishga tayyor.
Sanoat sohasida O‘zbekiston Rossiya (49 foiz), Belarus (23 foiz) va Qozog‘istondan (21 foiz) keyin to‘rtinchi o‘rinni egallagan. So‘rovnoma ishtirokchilarining 16 foizi O‘zbekiston bilan sanoatni rivojlantirishini istashini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston YeOTBga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan edi. Bank raisi Nikolay Podguzov mamlakatni “hurmatli va qudratli aksiyador” deb atagan edi.