AQSh eng asosiy savolga javob bermadi – Lavrov

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya glavi MID RF S. Lavrova
Press-konferensiya glavi MID RF S. Lavrova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2022
Obuna bo‘lish
AQSh Xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha NATOning sharqqa kengayishi to‘g‘risidagi savolga javob bermadi.
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. AQSh o‘z javobida NATOning sharqqa kengayishi to‘g‘risidagi eng asosiy savolga javob bermadi, – dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
“Asosiy masala bo‘yicha ushbu hujjatda ijobiy reaksiya yo‘q. Asosiy masala bu – NATOning sharqqa kengayishiga va Rossiya hududiga tahdid soluvchi zarba berish qurollarini joylashtirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bizning yakuniy pozitsiyamiz”, - deb tushuntirdi vazir.
Shu bilan birga Rossiya Tashqi ishlar vaziri Rossiya xavfsizlikning bo‘linmaslik prinsipi, ya’ni bir davlat xavfsizligini ikkinchi davlat xavfsizligiga tahdid solgan holda kuchaytirish mumkin emasligini, AQSh tomonidan ataylab buzilayotganini alohida aytib o‘tdi.
“E’tiborlisi shunda-ki, bizning o‘zaro xavfsizlik borasida yuridik majburiyatga ega bo‘lgan kafolatlar haqidagi taklifimizga Yevroatlantikadagi hamkorlarimiz, shu vaqtga qadar kelishilgan shartlarni bajarishni talab qilishmoqda. Bir vaqtning o‘zida ular NATO kengayish huquqiga ega va hech kim birovning NATOga kirish huquqini cheklay olmaydi deb javob berishadi”, - dedi Lavrov.
Vazir shuningdek, Moskva kelajakda ham NATO kengayishi bo‘yicha Vashingtonning ayyor pozitsiyasini ham ochiqlashda davom etishini aytib o‘tdi.
“Agar 1990-yillarda bu haqida bizga “NATO kengaymasligi haqida hech qanday yozma majburiyatlar olmaganmiz” deb javob berishgan bo‘lsa, hozir bizda bunday majburiyatlar bor. Ular YeXHT doirasida oliy darajada bir necha bor tasdiqlangan”, - dedi Lavrov.

Majburiyatlar - bu taomnoma emas

AQSh tomonidan YeXHT doirasida qabul qilingan majburiyatlarigv bo‘lgan munosabatini mutlaq qabul qilib bo‘lmaydi. Ular ushbu tashkilot doirasida qabul qilgan majburiyatlari orasidan faqat eng “mazalilarini” tanlab olishmoqda. Lavrov bu borada Blinkenga murojaat qilganda u hech narsa demagan, faqat yelka qisib qo‘ygan.
“Men uni va boshqa hamkasabalarimizni ogohlantirdim. Biz yaqin vaqt ichida biz ularga rasmiy so‘rov jo‘natamiz. Nima sababdan ular o‘z majburiyatlari orasidan faqat bitta punktni tanlab olib, uning bajari shartlarini esa inkor qilishmoqda. Bu Istanbul va Astana shartnomalarini imzolagan barcha davlatlar yetakchilariga yo‘llangan rasmiy so‘rovnoma bo‘ladi. Umid qilamanki, bunday vaziyatda G‘arb nima sababdan aynan shunday yo‘l tutayotganini tushunish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmaydi", — dedi ministr.
Rossiya tashqi ishlar vaziyari Moskva Vashington javobini NATO reaksiyasi bilan birgalikda qabul qilishini bildirdi.

OAVga tarqab ketishi mumkin

Lavrov aytishiga ko‘ra, Vashingtonning Moskvaga yo‘llagan rasmiy javobi, katta ehtimollik bilan keng omma orasida tarqalib ketadi.
“Amerikalik hamkasabalarimiz bizga ushbu hujjat maxfiy diplomatik suhbatligicha qolishi ma’qul deyishgan bo‘lsa-da, u NATO bo‘yicha barcha ittifoqchilar, jumladan Ukraina bilan kelishilgan. Shu sababli tez orada u “oshkor” bo‘lishi aniq”, - dedi Lavrov.
Moskva Vashington harakatlariga qanday javob berishini shaxsan Putin hal qiladi.
“Muassasalararo kelishuvdan so‘ng biz prezidentga hisobot beramiz, bo‘lajak qadamlar to‘g‘risida qarorni prezidentning o‘zi qabul qiladi”, - dedi ministr.

Ukraina masalasi va G‘arb bilan muzokaralar

So‘nggi oylarda Rossiya va G‘arb munosabatlari yanada taranglashdi, Ukraiga atrofida vaziyat yomonlashdi. Vashington va Brussel Moskvani Ukraina chegarasida qo‘shin to‘plashda va “hujumga” tayyorgarlik ko‘rishda ayblashdi. Ushbu xabarlarni tarqatish bilan bir vaqtda Shimoliy alyans o‘zining Sharqiy Yevropadagi ishtirokini kuchaytirmoqda. Xususan, 24-yanvar kuni daniyaning fregati (harbiy kema) Boltiq dengiziga jo‘natilgani va Litvaga 4ta qiruvchi samolyot jo‘natgani, undan tashqari ispan kemalari va Niderland qiruvchi samolyotlari Bolgariyaga jo‘natilgani, shuningdek Fransiya harbiylarini Ruminiyaga jo‘natish haqida aytib o‘tdi.
O‘z navbatida Moskva o‘z qo‘shinlarini mamlakat ichida ko‘chirayotganini ma’lum qilgan. Bir vaqtning o‘zida Rossiya Ukraina Minsk shartnomalariga amal qilmayotganini va o‘qqa tutishni davom ettirayotganini, DNR va LNR chegarasida yaqinida o‘z harbiylarining yarmiini to‘plagani ta’kidlamoqda. U yerga shuningdek og‘ir qurollar ham olib kelinmoqda. Masalan "Smerch" va "Uragan" nomli reaktiv o‘q otish qurollarini.
Rossiya TIV va Kreml “Rossiya agressiyasi” haqidagi yolg‘on xabarlarni tarqatishning asl maqsadi – Rossiya chegarasi yaqinida xorijiy armiya kuchlarini to‘plash ekanini bir necha bor aytishgan. Undan tashqari Ukraina vaziyat keskinlashuvining asosiy sababi – AQSh va NATO harakatlari, degan Kreml bir necha bor. NATO u yerga harbiy mutaxassislarni, qurol-aslaha, harbiy texnika jo‘natib, harbiy o‘quvlar sonini oshirmoqda. Bunday harakatlar yordamida NATO Kiyevni harbiy avanturalarga tayyorlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida Rossiya Brussel va Vashingtonga o‘z xavfsizligini kafolatlash to‘g‘risidagi shartnoma imzolashni taklif qilgan edi. Unda Kreml NATOning Sharqqa kengayishini va sobiq Ittifoq respublikalaridan Rosssiyaga qarshi foydalanishni bas qilishni, Rossiya chegaralari yaqinida zarba beruvchi qurollar joylashtirishni va Yevropadan Amerika yadroviy qurollarini olib chiqib ketishni talab qilgan edi.
Shu kunga qadar AQSh va NATO ham Rossiya vakillari orasida bir necha muzokaralar bo‘lib o‘tdi, AQSh bir necha hafta davomida Rossiya taklifiga o‘z javobini ishlab chiqdi va 26-yanvar kuni uni Rossiyaga taqdim etdi.
© SputnikProyekt dogovora o garantiyax bezopasnosti mejdu Rossiyey i SShA uzb desk
Proyekt dogovora o garantiyax bezopasnosti mejdu Rossiyey i SShA uzb desk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2022
Proyekt dogovora o garantiyax bezopasnosti mejdu Rossiyey i SShA uzb desk
Yangiliklar lentasi
0