Iqtisod

Soliq kodeksining 75-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida qonun tayyorlandi

Nalogi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayrim soliqlardan toʻliq ozod qilingan soliq toʻlovchilar soliqlarni hisoblangan summaning 1 % miqdorida toʻlaydi.
TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Moliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 75-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlab, umumiy muhokamaga qoʻydi.
Qonun loyihasi Oʻzbekiston Soliq kodeksining 75-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi moddalardan iborat.
Xususan, 2022 yil 1 iyuldan boshlab ushbu kodeksning 483-moddasiga, Oʻzbekiston prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha berilgan toʻliq ozod qilish koʻrinishidagi soliq imtiyozlariga ega boʻlgan soliq toʻlovchilarga, koʻrsatilgan soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foiz miqdorida toʻlashini nazarda tutuvchi tartib kiritilmoqda.
Kutilayotgan natija - yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obʼyektlari va yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanish, shuningdek Kadastr organlarida ularning toʻliq hisobini yuritishni taʼminlash hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0