Iqtisodiy kompleks rahbarlari va hokimlar oldiga qanday vazifalar qo‘yildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVitse-premyer Djamshid Kuchkarov
Vitse-premyer Djamshid Kuchkarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
Mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,4 baravarga ko‘paytirish, kambag‘allik darajasini kamida 2 baravarga qisqartirish, inflyatsiya darajasini 9 foizdan oshirmaslik asosiy vazifalardan.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalari qamrab olingan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Prezident kelgusi faoliyatda iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks va jadal rivojlantirish orqali zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirishga eng asosiy e’tibor qaratish shart ekanini ta’kidladi.
Yig‘ilishda shu yuzasidan barcha iqtisodiy kompleks rahbarlari va hokimlar oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollardan oshirib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,4 baravarga ko‘paytirish va kambag‘allik darajasini kamida 2 baravarga qisqartirish;
joriy yilda inflyatsiya darajasini 9 foizdan oshirmaslik;
joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 10 trillion so‘m kreditlarni “mahallabay” kafolatli yetib borishini ta’minlash;
budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik;
dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravarga oshirib, agrar tarmoqda yillik o‘sishni kamida 5 foizga yetkazish.
yaqin besh yilda iqtisodiyotga 120 milliard dollar, shu jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb etish, eksport hajmini yiliga 30 milliard dollardan oshirish.
Ma’lum qilinishicha, Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha “Inson qadri uchun 100 ta maqsad” belgilab olingan.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun joriy yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo lideri bo‘ladimi - iqtisodchilar fikri
"Barcha sa’y-harakatlarimiz, ajratilayotgan mablag‘lar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shart. Buning uchun respublika, viloyat, tuman va shahar hamda mahalla darajasidagi barcha rahbarlar bor kuch va resurslarini to‘liq safarbar qilishlari zarur”, - dedi prezident.
Yangiliklar lentasi
0