“Hamma tinchlansin”. Ukrainani kim garovga oldi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie vo vremya sovmestnix ucheniy Ukraini i stran NATO Rapid Trident-2021
Voyennoslujashie vo vremya sovmestnix ucheniy Ukraini i stran NATO Rapid Trident-2021  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2022
Obuna bo‘lish
Hammani uzoq vaqt davomida "Rossiya hujumi" bilan qo‘rqitgan Kiyev endi tinchlantirmoqda, lekin AQSh va Britaniya OAVlarida Ukraina mavzusida jazava yana oshmoqda.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. G‘arb siyosatchilari yaqinlashib kelayotgan urush haqidagi bayonotlarida o‘zlari adashib qolishmoqda, NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar bo‘lsa o‘z askarlarini frontga jo‘natish niyatida emas.Hammani uzoq vaqt davomida Rossiya hujumi bilan qo‘rqitgan Kiyev endi tinchlantirmoqda. OAVda Ukraina mavzusida jazava yana oshmoqda, ukrainaga qurol yetkazib berish hajmi ham oshmoqda. "Normandskom formati"dagi uchrashuv vaziyatni o‘zgartira oladimi?

Hamma tinchlansin

“OAVda harbiy mavzu atrofida juda ko‘p shov-shov, bo‘lmoqda. Do‘stlar, hamkasabalar, sizlardan iltimos, vahimani biroz pasaytiring. Vaziyatni biz yaxshi tushunib turibmiz, vahima uchun hech qanday asos yo‘q. Hamma tinchlansin”, - deb kutilmaganda o‘z nuqtayi nazarini o‘zgartirdi Ukraina milliy xavfsizlik kengashi kotibi Aleksey Danilov. Vaholanki, shu kunga qadar u “Rossiya tahdidi” borasida gapirib kelayotgan edi.
Prezident Vladimir Zelenskiy ham ukrainaliklarga murojaat bilan chiqdi. U ham “Mamlakat sharqida vaziyat nazorat ostida” deb bayonot berdi. Biz vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal qilish, mojaroni bartaraf etish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilmoqdamiz. Biz barchasidan xabardormiz va barcha kerakli ishlarni amalga oshirmoqdamiz”, - deb do‘konlardan “gugurt va grechkani” katta miqdorda sotib olmaslikni so‘radi.
Keyinroq ma’lum bo‘lishicha Ukrain mudofaa vaziri Aleksey Reznikov ham hech qanday “hujum kutmayotgan” ekan. "Ayni damda Rossiya Qurolli kuchlari birorta ham zarba beruvchi guruh tashkil qilgani yo‘q. Shunday bo‘lganda biz ular ertaga bizga hujumga o‘tadi deb o‘ylashimiz mumkin edi", — deb tushuntirdi u.
Ustiga-ustak Ukraina Oliy Radasiga avgust oyida jo‘natilgan “O‘ish davrida davlat siyosati to‘g‘risida” nomli hujjat qaytib chaqirib olindi. Ushbu hujjatda Rossiyani “agressor” deyishgan hamda DNR va LNRda berilgan har qanday hujjat - noqonuniy deb atalgan. Moskva ushbu tashabbusni Minsk shartnomalaridan voz kechish deb qabul qildi.
Qurollar olib kelindi, xaritalar chizildi
AQSh va Britaniya tomonidan boshlangan diplomatlarni olib chiqish harakati davom etmadi. Yevropaliklar buni qo‘llab-quvvatlashmadi. YeI tashqi ishoar oliy vakili Jozep Borrel aytishiga ko‘ra “evakuatsiya uchun hatto minimal ehtiyoj ham yo‘q”.
Shunday bo‘lsa-da G‘arb OAVlari va siyosatchilari vahima sochishda davom etmoqda. The Times, masalan, 52 yoshli kiyevlik ayol Marina Jaglo haqida reportaj chiqargan. U ayol “ruslar hujumidan” himoyalanish uchun bir necha ming dollarga qurol va harbiy kiyim-bosh sotib olgan. “Men hech qachon ovga chiqmaganman. Agar vaziyat shu daraja yetsa, biz Kiyev uchun jang qilamiz”, - deydi u intervyuda.
Britaniyaning yana bir nashri Financial Times “Rossiya Kiyevni bliskrig (tezkor hujum) yordamida egallab olmoqch deb yozgan. Daniyaning DR nashri bo‘lsa "Ukraina 130 ming fuqarolardan ko‘ngillilar otradi tuzmoqda – Rossiya harbiy tahdidiga ana shunday javob”. "Ish kunlari 44-yoshli xarkovlik Aleksandr Krupskiy bolalar kitoblari chop etiladigan kichik nashriyotda ishlaydi, dam olish kunlari esa o‘z vatanini himoya qilish uchun harbiy forma kiyadi", — deb yozadi jurnalistlar.
Ularning amerikalik hamkasabalariing esa yaqin vaqt ichida “Rossiyada bilan Ukraina tufayli urush bo‘lishiga ishonchi komil”. “Rossiya tahdidi tufayli Bayden minglab skar, jangovar kema va samolyotlarni Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropaga jo‘natadi” – deb yozgan The New York Times.
Lekin bunday ishtiyoqlarni hamma ham ma’qullayotgani yo‘q. “Biz rostdan ham, biz uchun hech qanday strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan va qandaydir korrupsiyaga botgan Sharqiy Yevropa davlati uchun jang qilamizmi? O‘z uyimizda ham hamma narsa ko‘ngildagidek emas-ku? Sal-pal aqli bor bo‘lgan odam bunday ishni qilmagan bo‘lardi”, - deydi Fox News efirida Toni Bobulinski.
Shu bilan bir vaqtda Vashington Rossiya bilan qarama-qarshilikka Yaponiyani ham kuch bilan tortmoqda. Yaponiyada “G‘arbni G‘arbni ko‘nglini xira qilmaslikni” so‘rashmoqda, deb yozadi Yaponiyaning Sankei Shimbun gazetasi. "Bayden va Yaponiya bosh vaziri Kisidaning so‘nggi onlayn uchrashuvida asosiy masala – Yaponiyaning Ukraina bo‘yicha Rossiyaga qarshi kurashda ishtiroki bo‘lgan edi”, - deydi maqola muallifi.
OAVlar Ukrainaga “ehtimoliy hujumlarning” ko‘plab sxemalari paydo bo‘ldi. The Washington Post, masalan amerika razvedkasiga asoslangan holda bir necha frontlar bo‘yicha hujumlar bo‘lishini kutishmoqda. Bild nashri bo‘lsa bir vaqtning o‘zida ikki xil jangovar operatsiyalar ehtimolini aytib o‘tdi.
"Bizning bunga hech qanday aloqamiz yo‘q va bo‘lmaydi ham, men sizga buni kafolatlayman”, - dedi Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich. Xorvatiya NATO a’zosi, lekin Rossiya va Ukrainaning ehtimoliy mojarosida ishtirok etishni istamaydi. Agar urush boshlanib qolsa Zagreb xorvatiyalik askarlarning barchasini o‘z vataniga qaytaradi.

Misli ko‘rilmagan sanksiyalar

Siyosatchilar bo‘lsa Rossiyaga “misli ko‘rilmagan sanksiyalar” bilan po‘pisa qilishmoqda. Daniya tashqi ishlar vaziri Yeppe Kofoda aytishiga ko‘ra, Moskvaga qarshi 2014-yildagidan ko‘ra ham qattiqroq sanksiyalar kiritiladi. Djozef Bayden ehtimoliy choralarni sanab o‘tdi: SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzish, Rossiya banklariga dollar bilan operatsiyalarni ta’qiqlash, Rossiyaning eng yuqori lavozimdagi shaxslari, biznesmenlari va jurnalistlariga nisbatan sanksiyalar kiritish va "Shimoliy oqim— 2" gaz quvuriga ham.
Yelisey saroyi diplomatiyadan umid qilmoqda. Fransiya prezidenti Makron Ukraina chegarasi yaqinidagi vaziyat borasida xavotirlari borligini bildirni va vaziyatni tinchlintirishga chaqirdi. U o‘z takliflarini FRG kanslerom Olaf Shols bilan muhokama qiladi. Xullas Parij va Berlin “Normand formati”da dialog tarafdori.
Aynan ushbu maqsadda 26-yanvar kuni Parijda Germaniya, Rossiya, Ukraina va Fransiya vakillari uchrashuv o‘tkazadi. Moskva nomidan u yerda prezident administratsiyasi rahbari Dmitriy Kozak ishtirok etadi. Bunday formatda muzokaralar avgustdan buyon o‘tkazilmagan edi.
Minsk shartnomasi tobora buzilib bormoqda. Kiyev ular ehtimol eskirgan, kerak emas, degan edi. Sodir bo‘layotgan voqealarga qaraganda, ular Minsk shartnomasidan allaqachon voz kechgan, - deydi Rossiya Xalqaro ishlari kengashi (RSMD) direktori Andrey Kortunov. — Bu uchrashuv— “Minsk”ga qaytishga urinish bo‘ladi, bir vaqtning o‘zida unga amal qilish va mojaroni tinchlantirish”.
Aslida hech km katta urushni xohlamaydi, bundan mamlakat uchun hech qanday yaxshilik chiqmasligini Ukrainada ham tushunishadi”, - deydi Kortunov.
Vashington vaLondon Kiyevga hali ham qurol aslaha jo‘natishda davom etmoqda. Yaqinda yana 90 tonna olib kelishdi. AQSh undan ham ko‘proq berishi mumkinligini aytmoqda. “Normand formatida”gi uchrashuvda ishtirok etmayotgan Oq uy ehtimol u yerda tinchlik bo‘lishidan manfaatdor emas. So‘z uchida esa amerikaliklar “vaziyatni diplomatik uslubda tinchlantirishmoqchi”.
Yangiliklar lentasi
0