https://oz.sputniknews.uz/20220125/vaziyat-shaxsan-prezident-nazorati-ostida--asadov-22373414.html
“Vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida” – Asadov
“Vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida” – Asadov
Sputnik O‘zbekiston
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekistonning qator hududlarida elektr energiyasi o‘chishi bilan bog‘liq vaziyat prezident nazoratida ekanligini ma’lum qildi.
2022-01-25T17:34+0500
2022-01-25T17:34+0500
2022-01-25T17:35+0500
jamiyat
sherzod asadov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/17/20193603_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_491684001b01a1ea4d4c1183b66f06d8.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekistonning qator hududlarida elektr energiyasi o‘chishi bilan bog‘liq vaziyat prezident nazoratida ekanligini ma’lum qildi.Dastlabki o‘rganishlar bu holat umummintaqaviy energiya tizimi doirasida yuzaga kelgan nosozliklar oqibatida kelib chiqqanini ko‘rsatmoqda.U barchani xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolgan. Asadovning so‘zlariga ko‘ra, vahimaga o‘rin yo‘q.Markaziy Osiyodagi blekaut25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator hududlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Energetika vazirligi Qozog‘iston elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston va atrof hududlarida elektr energiyasi ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelganini ma’lum qildi. Hozir elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilib, hududlarda elektr ta’minoti tiklanmoqda.Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/17/20193603_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_a79d3aee414ab2e84933f594308a8dad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sherzod asadov prezident nazorati o‘zbekistonda svet o‘chishi
sherzod asadov prezident nazorati o‘zbekistonda svet o‘chishi
“Vaziyat shaxsan prezident nazorati ostida” – Asadov
17:34 25.01.2022 (yangilandi: 17:35 25.01.2022) Prezident matbuot kotibi barchani xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolgan.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekistonning qator hududlarida elektr energiyasi o‘chishi bilan bog‘liq vaziyat prezident nazoratida ekanligini ma’lum qildi.
Dastlabki o‘rganishlar bu holat umummintaqaviy energiya tizimi doirasida yuzaga kelgan nosozliklar oqibatida kelib chiqqanini ko‘rsatmoqda.
“Ta’kidlash kerakki, vaziyat shaxsan prezidentimiz nazorati ostida. O‘zbekiston energiya tizimini barqarorlashtirish hamda elektr ta’minoti va boshqa tarmoqlar ishini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida deyarli har daqiqa davlatimiz rahbariga axborot berib borilmoqda”, - deya yozdi Asadov telegram kanalida.
U barchani xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolgan. Asadovning so‘zlariga ko‘ra, vahimaga o‘rin yo‘q.
Markaziy Osiyodagi blekaut
25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator hududlarida elektr energiyasi ta’minoti
uzildi. Energetika vazirligi Qozog‘iston elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston va atrof hududlarida elektr energiyasi ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelganini
ma’lum qildi. Hozir elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilib, hududlarda elektr ta’minoti
tiklanmoqda.Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan elektr energiyasi ta’minotida yuzaga kelgan nosozliklar sababini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi
tuzilgan.