Toshkentda xodimlarga uyga vaqtliroq javob berish tavsiya qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNochnoy Tashkent
Nochnoy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimligi xodimlarga uyga vaqtliroq javob berishni tavsiya qildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Barcha tashkilotlardan xodimlariga navbati bilan uyga javob berishlari so‘raldi. Toshkent shahar hokimligi barcha korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga murojaat bilan chiqdi.
Ta’kidlanishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlar natijasida Toshkent metropoliteni o‘z faoliyatini qisqa muddatga to‘xtatdi, shuningdek, shahar ko‘chalaridagi svetoforlar ishida nosozliklar kuzatilmoqda.
Katta tirbandlikning oldini olish maqsadida xodimlarga 15:30 dan keyin jadval asosida vaqtliroq javob berish tavsiya qilindi.
"Hozirda yuqoridagi nosozliklarni bartaraf etishga barcha kuchlar safarbar etilgan. Poytaxt hokimligi huzuridagi Vaziyatlar markazida tunu-kun ishlaydigan maxsus tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi", - deyilgan bayonotda.
Yangiliklar lentasi
0