https://oz.sputniknews.uz/20220125/ijtimoiy-tarmoqlarda-mavjud-ekstremistik-kanal-va-sahifalar-royxati-elon-qilindi-22372991.html
Ijtimoiy tarmoqlarda mavjud ekstremistik kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda mavjud ekstremistik kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda mavjud ekstremistik kanal va sahifalar ro‘yxati yangilandi. 166 ta taqiqlangan kanal va sahifalar orasida "Abu Saloh darsliklari", "Tavhid va Jihod",, "Jannat oshiqlari" kabilar bor.
2022-01-25T17:16+0500
2022-01-25T17:16+0500
2022-01-25T17:16+0500
jamiyat
ekstremizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/19/22358933_9:142:2603:1601_1920x0_80_0_0_adbfe713ebe58f416c4162504b3c6e7a.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda mavjud ekstremistik kanal va sahifalar ro‘yxati yangilandi.Oliy sudning 2021-yil 24-dekabrdagi hal qiluv qaroriga asosan ijtimoiy tarmoqlardagi bir qator kanal (guruh, material)lar ekstremistik va terroristik deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tarqatish, tayyorlash yoki namoyish etish taqiqlangan.Ulardan 8 tasi Telegram messenjerida, yana 8 tasi Facebook va 3 tasi Instagram platformalarida faoliyat olib boradi.Ushbu sahifalar "Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunning 11-moddasini buzgan.Yoshlarning xorijdagi noqonuniy hujralarda diniy ta’lim olishiga ko‘maklashgan guruh ushlandiUnga muvofiq, O‘zbekiston hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, OAVda tarqatilayotgan materiallar agar ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga oshkora da’vat qiladigan bo‘lsa, qonun hujjatlariga ko‘ra sud tomonidan ekstremistik materiallar deb topiladi hamda ularni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi.166 ta taqiqlangan kanal, material va sahifalar orasida "Abu Saloh darsliklari", "Tavhid va Jihod", "Ayollar darslari silsilasi", "Jannat oshiqlari" kabilar bor.Andijonda “Hizb ut-Tahrir”*ning “Ayollar qanoti” guruhi a’zolari aniqlandiTo‘liq ro‘yxat bilan Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti hamda Ochiq ma’lumotlar portali orqali tanishish mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/19/22358933_426:185:2359:1634_1920x0_80_0_0_6eda3aad3f4336b779afe7b53a9be1f5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston taqiqlangan saytlar ekstremistik kanal va sahifalar ro‘yxati
o‘zbekiston taqiqlangan saytlar ekstremistik kanal va sahifalar ro‘yxati
Ijtimoiy tarmoqlarda mavjud ekstremistik kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi
166 ta taqiqlangan kanal va sahifalar orasida "Abu Saloh darsliklari", "Tavhid va Jihod", "Ayollar darslari silsilasi", "Jannat oshiqlari" kabilar bor.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda mavjud ekstremistik kanal va sahifalar ro‘yxati yangilandi.
Oliy sudning 2021-yil 24-dekabrdagi hal qiluv qaroriga asosan ijtimoiy tarmoqlardagi bir qator kanal (guruh, material)lar ekstremistik va terroristik deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tarqatish, tayyorlash yoki namoyish etish taqiqlangan.
Ulardan 8 tasi Telegram messenjerida, yana 8 tasi Facebook va 3 tasi Instagram platformalarida faoliyat olib boradi.
Ushbu sahifalar "Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunning 11-moddasini buzgan.
Unga muvofiq, O‘zbekiston hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, OAVda tarqatilayotgan materiallar agar ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga oshkora da’vat qiladigan bo‘lsa, qonun hujjatlariga ko‘ra sud tomonidan ekstremistik materiallar deb topiladi hamda ularni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi.
166 ta taqiqlangan kanal, material va sahifalar orasida "Abu Saloh darsliklari", "Tavhid va Jihod", "Ayollar darslari silsilasi", "Jannat oshiqlari" kabilar bor.
To‘liq ro‘yxat bilan Adliya vazirligining rasmiy
veb-sayti hamda Ochiq ma’lumotlar
portali orqali tanishish mumkin.