Bayden rekord darajali inflyatsiyani "katta aktiv" deb atadi

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Djo Bayden
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2022
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti rekord darajali inflyatsiyadan xursand ekanini aytib, ushbu savolni bergan jurnalistni haqorat qildi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Jo Bayden AQShda ushbu yil rekord darajasiga - 7%g ko‘tarilgan inflyatsiyani "katta aktiv" deb atadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti The Wall Street Journalga asosan.
Fox News telekanali jurnalisti Piter Dusi Raqobat kengashi majlisi oldidan bo‘lib o‘tgan brifingda Amerika prezidentidan saylovlar oldidan narxlar oshishini "siyosiy to‘siq" deb hisoblaydimi yoki yo‘q deb so‘ragan edi.

"Bu katta aktiv! Ko‘proq inflyatsiya bo‘lsin!", - deb javob berdi Bayden va shundan so‘ng OAV xodimini "Itdan tarqagan axmoq" deb haqoratladi.

Ma’lumot uchun, pandemiya oqibatlarini yumshatish choralari sifatida Kongress va Federal rezerv tizimi tomonidan iqtisodga katta miqdorda "yordam puli" quyish oqibatida, AQShda inflyatsiya miqdori so‘nggi 40-yilda ilk bor misli ko‘rilmagan 7% darajasiga ko‘tarilgan. So‘nggi bor bunga yaqin raqamlar 1982-yilda kuzatilgan edi. O‘shanda 7,2 % inflyatsiya natijasida ko‘chmas mulk, avtomobillar va oziq-ovqat narxi oshgan edi.
AQSh markaziy banki mart oyidan boshlab foiz stavkasini oshirishni rejalashtirmoqda. Bunda bank stavkani oshirib, lekin iqtisod susayishi va ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi.
AQSh OAVlarida keltirilgan ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Jo Bayden va Demokratik partiya navbatdagi saylov vaqtida narxlar oshishi oqibatida jamiyatda yuzaga kelgan norozilik oqibatlariga albatta duch keladi. AQShda oraliq saylovlar ushbu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0