https://oz.sputniknews.uz/20220124/rossiya-va-garb-bahsi-nimalarga-olib-keladi-22354896.html
Rossiya va G‘arb bahsi nimalarga olib keladi
Rossiya va G‘arb bahsi nimalarga olib keladi
Sputnik O‘zbekiston
2022 yil yanvari oxiri Rossiya va kollektiv G‘arb vakillari o‘rtasidagi qizg‘in muzokaralari bilan yodda qoldi. 24.01.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-01-24T22:14+0500
2022-01-24T22:14+0500
2023-04-05T18:35+0500
analitika
g‘arb
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/18/22350086_0:119:3219:1930_1920x0_80_0_0_a120350d452ded201e82071ef4c06393.jpg
Sergey Markedonov. AQSh, Yevropa Ittifoqga a’zo davlatlari diplomatlari va NATOning yuqori lavozimli amaldorlari Moskvaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha tashabbuslariga munosabat bildirishning umumiy chizig‘ini chizishga urinishmoqda. Bugungi kunda jilla qursa bunda oldingi siljish bo‘lishiga ishora qiluvchi narsalar haqida gapirishning imkoni yo‘q.Shtatlar va ular ittifoqchilari siyosiy spikerlari bir-birining ortidan NATO uchun “ochiq eshiklar siyosati” va Alyansga kirmaydigan mamlakat Rossiya uchun uning kengayishiga veto qo‘ya olmasligi haqidagi tezisni takrorlashmoqda.Rossiyadan tomonidan esa shunday dalil keltirilyaptiki, harbiy blok o‘z tabiati jihatdan “demokratiyalar birlashmasi” bo‘lolmaydi! Qolaversa, u yoki bu mamlakatning integratsion birlashmaga kirish huquqi mutlaq bo‘lolmaydi. Kamida u u yoki bu sabablarga ko‘ra harbiy alyansga qo‘shila olmaydigan yoki xohlamaydigan o‘yinchilarning manfaatlarini inobatga olishi shart. Aks holda xavfsizlik bo‘linmasligi kabi asosiy tamoyil buziladi. Qolgan hamma boshqalar uchun o‘yin qoidalarini belgilab beradigan imtiyozlarga ega ishtirokchilar klubi paydo bo‘ladi.Asosiy pozitsiyalar o‘xshash bo‘lmasligiga qaramasdan, na Rossiya, na G‘arb muzokaralardan chiqishga shoshilyapti. Moskva xavfsizlik kafolatlariga oid tashabbusiga yozma javob kutmoqda. Shuningdek, u Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo mamlakatlar vazirlarining Rossiya TIV rahbariyati bilan keyingi maslahatlashuvlar uchun tashrifini kutmoqda.Qiyin qo‘shnichilikBu uchrashuvlar, muzokaralar, sharhlar va bayonotlar qatorida postsovet hududidagi vaziyat Yevropa kun tartibining eng muhim ustuvor vazifasi bo‘lib qolayotganini anglash qiyin emas.Bir tarafdan, AQSh va uning ittifoqchilari o‘ziga xos diplomatik “o‘rab olish”ni o‘tkazishga, muzokaralar mavzusini Ukrainagacha va “Rossiya bostirish kirish tahdidigacha” qisqartirishga urinishmoqda. Sabablar ayon, suhbatni umumiy muammolar va Yevropa xavfsizligi tamoyillaridan aholida holatga burish va dushmanni mudofaa chizig‘ini egallashga, o‘zini oqlashga, munosabat bildirishga, o‘zib ketishga o‘ynamaslikka majbur qilish.Biroq Rossiya uchun postsovet hududidagi xavfsizlikni ta’minlash masalasi – muhim boshlang‘ich pozitsiya. Usiz Moskvani tashvishga soladigan narsalar haqida birdaniga va hammasi haqida gapirish mushkul.Qolaversa, NATO bilan munosabatlardagi uchdan ikki tizimli inqirozlar aynan postsovet kun tartibi sabab yuzaga kelgandi. Birinchisi, eslataman, 1999-yil mart-iyunida NATOning sobiq Yugoslaviyaga bostirib kirishi, ikkinchisi Gruziyadagi “besh kunlik urush” va uchinchisi “ukrain inqirozi” va Qrim ustidan Rossiya yuridiksiyasi tasdiqlanishi bilan bog‘liq. SSSR va SFRYu parchalanishi davomida ko‘plab jarayonlarning umumiyligini inobatga olib, postsovet kun tartibi umumevropa xavfsizligi bilan bog‘liqligi yanada muhim bo‘ladi.Sovuq urish avjida AQSh prezidenti Ronald Reygan adolatli qayd etgandi: “Agar biz o‘zimizni himoya qila olmasak (Markaziy Amerikada), biz boshqa joylardagi g‘alaba umid qilolmaymiz. Obro‘yimiz to‘kilgan bo‘lardi, ittifoqlarimiz qulagan bo‘lardi, vatanimiz xavfsizligi ham tahdid ostida qolgan bo‘lardi”.Har bir mamlakat uchun uning qo‘shnichiligi – alohida qiziqish hududi. 2021-2022 yillarda uni G‘arbda “ta’sirini” kengaytirish va “revizionizmda” ayblash odas tusiga kirgan Rossiya aslida hech qanaqa maxsus nou-xau taklif qilmayapti. Reygan so‘zlarini o‘zgartirib, xuddi o‘sha gaplarni Kipr va Suriyadagi turk manfaatlari haqida Rejep Toyyib Erdog‘an, Shri-Lanka yoki Maldivdagi Hindiston ta’siri haqida Narendra Modi aytishi mumkin edi.NATOning sobiq SSSR hududiga kelishi xavfi nimada? Xalqaro munosabatlar nazariyachilarining odatda yozayotgan g‘arb ta’siri o‘sishi va Rossiya ta’siri kamayishidan tashqari. Asosiy mavzu – alyanskning o‘z o‘zidan kengayishida emas, balki u murakkab tarkibli davlatlarda, u yerda nafaqat ko‘pmillatli aholi, balki milliy bir xillik shakllanishi jarayoni yakunlanmagan joylarda mustahkamlanib olishga urinayotganida.NATOga qo‘shilish uchun “ochiq eshiklar siyosatini” himoya qilayotganlar orasida Gruziya, Moldova va Ukrainaning “hududiy yaxlitligini to‘liq qayta tiklash” zarurligi haqidagi fikr mutlaqo ustunlik qilmoqda.Lekin hatto bu yondashuv qabul qilinsa, keyingi mantiqli qadamni qo‘yish va kamida fikrlarda ixtilof borligini tan olmoq kerak. Abxaziya, Janubiy Osetiya, Qrim va Dnepbo‘yining tan olinmagan respublikalari, DXR va LXR o‘z xavfsizlik kafolatlarini Vashington va Brussel emas, balki Moskva deb ko‘rishmoqda. Bu yoqmasligi va g‘azabga sabab bo‘lishi mumkin, lekin bu bilan hisoblashmaslikning imkoni yo‘q.Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti (KMIS) ma’lumotlariga ko‘ra (2021 yil dekabr) 59,3 foiz kishi Ukrainaning NATOga qo‘shilishini yoqlab ovoz bergan bo‘lardi, 28,1 foizi esa qarshi bo‘lgan bo‘lardi. Qayd etish joizki, tadqiqot mamlakatning barcha mintaqalarida o‘tkazilgan, lekin Donbassning tan olishmagan respublikalari hududida o‘tkazilmagan. Va Rossiya hujumi istiqbollari va NATOning uning oldini olishdagi qutqaruvchi rolini chiroyli qilib ta’riflayotgan qattiq axborot kampaniyasi sharoitida. Biroq hatto bunday kirish gaplarda Ukrainaning pozitsiyani belgilashdagi hududiy tarqoqlik (mamlakat g‘arbi va markazida NATO muxlislari ko‘proq, sharqda esa unga qarshi bisyor) va umuman NATONi qabul qilmaslikning sezilarli foizi saqlanib qolishda davom etmoqda.Bundan tashqari, bu gullayotgan murakkablikni e’tiborga olmaslikning oldingi urinishlari qator postsovet mamlakatlarida ichki mojarolarni va ular ishiga Rossiya faolroq jalb qilinishini keltirib chiqargandi.Ichki kelishmovchiliklar geosiyosiy raqiblik omili bilan to‘ldirilishi hamda tashqi o‘yinchilar ixtilofidan hukumat uchun kurashda foydalanishga urinish o‘ta xavfli. Postsovet hududi xavfsizligini yagona Shimoliy Atlantikaga moslashtirishga urinish mojaroni kamaytirmaydi, balki ko‘paytiradi. Va o‘z navbatida SSSR respublikalaridan yangi to‘laqonli davlatlarga o‘tish yakunlanishini qiyinlashtiradi.Birdan-bir maqsad emas, balki qiyin san’atAmmo alyansga kirishdan kutilayotganlarga qanday salbiy baholar berilmasin, bitta salbiy jo‘shqinlikning o‘zi yetarli emas. Muqobillarini muhokama qilish va taklif qilish g‘oyat muhim. Ular gruzin, moldova va ukrain siyosiy bayonlarida yo‘q deb bo‘lmaydi.Eng osoni Moldovada. U bosh qomus darajasida neytral mamlakat deb e’lon qilingan.Hatto 2008-yil yanvarida NATOga a’zolik masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazilgan va bu qo‘llab-quvvatlangan Gruziyada neytralitet muhokama qilinadi. 2019-yil kuzida “Vatanparvarlar alyansi” partiyasi (o‘shanda son jihatdan parlamentda uchinchi edi) o‘z so‘rovnomasini o‘tkazdi va 64 foiz so‘ralganlar bu g‘oyani ijobiy qabul qilishlarini ko‘rsatgan. Hozir bu siyosiy kuchning obro‘yi kamaygan. Kelajakda bunday raqamlarga erishilishi fakt emas, boz ustiga so‘rov yuridik jihatdan majburiy xususiyatga ega emasdi.Shunga qaramay, 2008-yildagi voqealardan keyin ham bu g‘oyaga murojaat qilishmoqda. Gruziyalik siyosatchilar (kamchilik bo‘lsada) shimoldagi qo‘shni bilan normallashtirish mexanizmlari topishga urinishmoqda.Ukrananing blokdan tashqari maqomi bu mamlakatning tashqi siyosiy munozaralarida ham bor, garchi partiya va harakatlar dasturlarida bo‘lmasada.Bugun ko‘pchilik Avstriya, Shveysariya yoki Finlyandiyaning muvaffaqiyatli tajribasi haqida gapirishadi. Shveysariyalik tadqiqotchi Olivye Movlining so‘zlariga ko‘ra, “neytralitet mamlakatimiz u tufayli u yoki bu mojaraga bosh suqishdan qutilib qolgan omil bo‘lgan”.So‘z o‘rnida aytish mumkinki, aynan Shveysariya Gruziya va Rossiya o‘rtasidagi muloqotni ta’minlovchi mamlakat bo‘lgan. Shveysariya diplomatlari gruzin tomonidan e’tirozlarni olib tashlashni muvofiqlashtirib, Rossiyaning JSTga kirish to‘g‘risidagi muzokaralarda salmoqli rolni o‘ynashgan.Shu bilan birga Shveysariya neytraliteti Vena kongressi yakuni va “Yevropa konserti” tizimi shakllanishi bo‘ldi.Daniyalik taniqli siyosatshunos Xans Mourittsen o‘zining “Finlyandiyalashtirish”ning qiyin san’ati” shov-shuvli maqolasida Ikkinchi jahon urushi yakunidan keyin Xelsinki tanlagan yo‘l – bu kichik mamlakatlar uchun dolzarb pragmatik yo‘l ekanini aytgandi. Qayd etish joizki, bugun Avstriyada ham, Finlyandiyada ham NATOga qo‘shilish imkoniyati haqida ko‘p bahslashishmoqda (har ikkisi YeIga kirib bo‘lgan). Neytralitet ayrim siyosatchilar va ekspertlar tomonidan taslimchilarga xos yo‘l, bugungi Ukraina va Gruziya uchun istalmagan yo‘l deb ko‘rib chiqilmoqda.Bir so‘z bilan, neytralitet – panatseya emas, ichki va xalqaro omillarning murakkab birikmasi, har bir mamlakat va mintaqa uchun alohida o‘ziga xos. Avstriyalik mutaxassis Aleksandr Dubovi adolatli qayd etadiki, bu – birdan-bir maqsad emas va “davlat strategiyasini almashtirish” emas. Tadqiqotchi neytralitet xususidagi munozara “boshlang‘ich nuqta va o‘ziga xos bo‘lajak davlatchilik, siyosiy va etnik birlashmalarning milliy manfaatlarini hamda mazkur mamlakatlarning mintaqadagi roli va ularning xalqaro munosabatlarning asosiy siyosatchilari bilan munosabatlari muhokamalarining katalizatori bo‘lib xizmat qilishi mumkin”ligini aytadi.Bunday suhbatlar mazmunli sujetlar atrofida olib borilishi va ularning navbatdagi eski duolarning takrorlanishiga aylanmasligi muhim.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/18/22350086_244:0:2975:2048_1920x0_80_0_0_ae6934917823c159d6650766fd11e441.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, g‘arb, rossiya
analitika, g‘arb, rossiya
Rossiya va G‘arb bahsi nimalarga olib keladi
22:14 24.01.2022 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) 2022 yil yanvari oxiri Rossiya va kollektiv G‘arb vakillari o‘rtasidagi qizg‘in muzokaralari bilan yodda qoldi.
Sergey Markedonov. AQSh, Yevropa Ittifoqga a’zo davlatlari diplomatlari va NATOning yuqori lavozimli amaldorlari Moskvaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha tashabbuslariga munosabat bildirishning umumiy chizig‘ini chizishga urinishmoqda. Bugungi kunda jilla qursa bunda oldingi siljish bo‘lishiga ishora qiluvchi narsalar haqida gapirishning imkoni yo‘q.
Shtatlar va ular ittifoqchilari siyosiy spikerlari bir-birining ortidan NATO uchun “ochiq eshiklar siyosati” va Alyansga kirmaydigan mamlakat Rossiya uchun uning kengayishiga veto qo‘ya olmasligi haqidagi tezisni takrorlashmoqda.
Rossiyadan tomonidan esa shunday dalil keltirilyaptiki, harbiy blok o‘z tabiati jihatdan “demokratiyalar birlashmasi” bo‘lolmaydi! Qolaversa, u yoki bu mamlakatning integratsion birlashmaga kirish huquqi mutlaq bo‘lolmaydi. Kamida u u yoki bu sabablarga ko‘ra harbiy alyansga qo‘shila olmaydigan yoki xohlamaydigan o‘yinchilarning manfaatlarini inobatga olishi shart. Aks holda xavfsizlik bo‘linmasligi kabi asosiy tamoyil buziladi. Qolgan hamma boshqalar uchun o‘yin qoidalarini belgilab beradigan imtiyozlarga ega ishtirokchilar klubi paydo bo‘ladi.
Asosiy pozitsiyalar o‘xshash bo‘lmasligiga qaramasdan, na Rossiya, na G‘arb muzokaralardan chiqishga shoshilyapti. Moskva xavfsizlik kafolatlariga oid tashabbusiga yozma javob kutmoqda. Shuningdek, u Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo mamlakatlar vazirlarining Rossiya TIV rahbariyati bilan keyingi maslahatlashuvlar uchun tashrifini kutmoqda.
Bu uchrashuvlar, muzokaralar, sharhlar va bayonotlar qatorida postsovet hududidagi vaziyat Yevropa kun tartibining eng muhim ustuvor vazifasi bo‘lib qolayotganini anglash qiyin emas.
Bir tarafdan, AQSh va uning ittifoqchilari o‘ziga xos diplomatik “o‘rab olish”ni o‘tkazishga, muzokaralar mavzusini Ukrainagacha va “Rossiya bostirish kirish tahdidigacha” qisqartirishga urinishmoqda. Sabablar ayon, suhbatni umumiy muammolar va Yevropa xavfsizligi tamoyillaridan aholida holatga burish va dushmanni mudofaa chizig‘ini egallashga, o‘zini oqlashga, munosabat bildirishga, o‘zib ketishga o‘ynamaslikka majbur qilish.
Biroq Rossiya uchun postsovet hududidagi xavfsizlikni ta’minlash masalasi – muhim boshlang‘ich pozitsiya. Usiz Moskvani tashvishga soladigan narsalar haqida birdaniga va hammasi haqida gapirish mushkul.
Qolaversa, NATO bilan munosabatlardagi uchdan ikki tizimli inqirozlar aynan postsovet kun tartibi sabab yuzaga kelgandi. Birinchisi, eslataman, 1999-yil mart-iyunida NATOning sobiq Yugoslaviyaga bostirib kirishi, ikkinchisi Gruziyadagi “besh kunlik urush” va uchinchisi “ukrain inqirozi” va Qrim ustidan Rossiya yuridiksiyasi tasdiqlanishi bilan bog‘liq. SSSR va SFRYu parchalanishi davomida ko‘plab jarayonlarning umumiyligini inobatga olib, postsovet kun tartibi umumevropa xavfsizligi bilan bog‘liqligi yanada muhim bo‘ladi.
Sovuq urish avjida AQSh prezidenti Ronald Reygan adolatli qayd etgandi: “Agar biz o‘zimizni himoya qila olmasak (Markaziy Amerikada), biz boshqa joylardagi g‘alaba umid qilolmaymiz. Obro‘yimiz to‘kilgan bo‘lardi, ittifoqlarimiz qulagan bo‘lardi, vatanimiz xavfsizligi ham tahdid ostida qolgan bo‘lardi”.
Har bir mamlakat uchun uning qo‘shnichiligi – alohida qiziqish hududi. 2021-2022 yillarda uni G‘arbda “ta’sirini” kengaytirish va “revizionizmda” ayblash odas tusiga kirgan Rossiya aslida hech qanaqa maxsus nou-xau taklif qilmayapti. Reygan so‘zlarini o‘zgartirib, xuddi o‘sha gaplarni Kipr va Suriyadagi turk manfaatlari haqida Rejep Toyyib Erdog‘an, Shri-Lanka yoki Maldivdagi Hindiston ta’siri haqida Narendra Modi aytishi mumkin edi.
NATOning sobiq SSSR hududiga kelishi xavfi nimada? Xalqaro munosabatlar nazariyachilarining odatda yozayotgan g‘arb ta’siri o‘sishi va Rossiya ta’siri kamayishidan tashqari. Asosiy mavzu – alyanskning o‘z o‘zidan kengayishida emas, balki u murakkab tarkibli davlatlarda, u yerda nafaqat ko‘pmillatli aholi, balki milliy bir xillik shakllanishi jarayoni yakunlanmagan joylarda mustahkamlanib olishga urinayotganida.
NATOga qo‘shilish uchun “ochiq eshiklar siyosatini” himoya qilayotganlar orasida Gruziya, Moldova va Ukrainaning “hududiy yaxlitligini to‘liq qayta tiklash” zarurligi haqidagi fikr mutlaqo ustunlik qilmoqda.
Lekin hatto bu yondashuv qabul qilinsa, keyingi mantiqli qadamni qo‘yish va kamida fikrlarda ixtilof borligini tan olmoq kerak. Abxaziya, Janubiy Osetiya, Qrim va Dnepbo‘yining tan olinmagan respublikalari, DXR va LXR o‘z xavfsizlik kafolatlarini Vashington va Brussel emas, balki Moskva deb ko‘rishmoqda. Bu yoqmasligi va g‘azabga sabab bo‘lishi mumkin, lekin bu bilan hisoblashmaslikning imkoni yo‘q.
Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti (KMIS) ma’lumotlariga ko‘ra (2021 yil dekabr) 59,3 foiz kishi Ukrainaning NATOga qo‘shilishini yoqlab ovoz bergan bo‘lardi, 28,1 foizi esa qarshi bo‘lgan bo‘lardi. Qayd etish joizki, tadqiqot mamlakatning barcha mintaqalarida o‘tkazilgan, lekin Donbassning tan olishmagan respublikalari hududida o‘tkazilmagan. Va Rossiya hujumi istiqbollari va NATOning uning oldini olishdagi qutqaruvchi rolini chiroyli qilib ta’riflayotgan qattiq axborot kampaniyasi sharoitida. Biroq hatto bunday kirish gaplarda Ukrainaning pozitsiyani belgilashdagi hududiy tarqoqlik (mamlakat g‘arbi va markazida NATO muxlislari ko‘proq, sharqda esa unga qarshi bisyor) va umuman NATONi qabul qilmaslikning sezilarli foizi saqlanib qolishda davom etmoqda.
Bundan tashqari, bu gullayotgan murakkablikni e’tiborga olmaslikning oldingi urinishlari qator postsovet mamlakatlarida ichki mojarolarni va ular ishiga Rossiya faolroq jalb qilinishini keltirib chiqargandi.
Ichki kelishmovchiliklar geosiyosiy raqiblik omili bilan to‘ldirilishi hamda tashqi o‘yinchilar ixtilofidan hukumat uchun kurashda foydalanishga urinish o‘ta xavfli. Postsovet hududi xavfsizligini yagona Shimoliy Atlantikaga moslashtirishga urinish mojaroni kamaytirmaydi, balki ko‘paytiradi. Va o‘z navbatida SSSR respublikalaridan yangi to‘laqonli davlatlarga o‘tish yakunlanishini qiyinlashtiradi.
Birdan-bir maqsad emas, balki qiyin san’at
Ammo alyansga kirishdan kutilayotganlarga qanday salbiy baholar berilmasin, bitta salbiy jo‘shqinlikning o‘zi yetarli emas. Muqobillarini muhokama qilish va taklif qilish g‘oyat muhim. Ular gruzin, moldova va ukrain siyosiy bayonlarida yo‘q deb bo‘lmaydi.
Eng osoni Moldovada. U bosh qomus darajasida neytral mamlakat deb e’lon qilingan.
Hatto 2008-yil yanvarida NATOga a’zolik masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazilgan va bu qo‘llab-quvvatlangan Gruziyada neytralitet muhokama qilinadi. 2019-yil kuzida “Vatanparvarlar alyansi” partiyasi (o‘shanda son jihatdan parlamentda uchinchi edi) o‘z so‘rovnomasini o‘tkazdi va 64 foiz so‘ralganlar bu g‘oyani ijobiy qabul qilishlarini ko‘rsatgan. Hozir bu siyosiy kuchning obro‘yi kamaygan. Kelajakda bunday raqamlarga erishilishi fakt emas, boz ustiga so‘rov yuridik jihatdan majburiy xususiyatga ega emasdi.
Shunga qaramay, 2008-yildagi voqealardan keyin ham bu g‘oyaga murojaat qilishmoqda. Gruziyalik siyosatchilar (kamchilik bo‘lsada) shimoldagi qo‘shni bilan normallashtirish mexanizmlari topishga urinishmoqda.
Ukrananing blokdan tashqari maqomi bu mamlakatning tashqi siyosiy munozaralarida ham bor, garchi partiya va harakatlar dasturlarida bo‘lmasada.
Bugun ko‘pchilik Avstriya, Shveysariya yoki Finlyandiyaning muvaffaqiyatli tajribasi haqida gapirishadi. Shveysariyalik tadqiqotchi Olivye Movlining so‘zlariga ko‘ra, “neytralitet mamlakatimiz u tufayli u yoki bu mojaraga bosh suqishdan qutilib qolgan omil bo‘lgan”.
So‘z o‘rnida aytish mumkinki, aynan Shveysariya Gruziya va Rossiya o‘rtasidagi muloqotni ta’minlovchi mamlakat bo‘lgan. Shveysariya diplomatlari gruzin tomonidan e’tirozlarni olib tashlashni muvofiqlashtirib, Rossiyaning JSTga kirish to‘g‘risidagi muzokaralarda salmoqli rolni o‘ynashgan.
Shu bilan birga Shveysariya neytraliteti Vena kongressi yakuni va “Yevropa konserti” tizimi shakllanishi bo‘ldi.
Daniyalik taniqli siyosatshunos Xans Mourittsen o‘zining “Finlyandiyalashtirish”ning qiyin san’ati” shov-shuvli maqolasida Ikkinchi jahon urushi yakunidan keyin Xelsinki tanlagan yo‘l – bu kichik mamlakatlar uchun dolzarb pragmatik yo‘l ekanini aytgandi. Qayd etish joizki, bugun Avstriyada ham, Finlyandiyada ham NATOga qo‘shilish imkoniyati haqida ko‘p bahslashishmoqda (har ikkisi YeIga kirib bo‘lgan). Neytralitet ayrim siyosatchilar va ekspertlar tomonidan taslimchilarga xos yo‘l, bugungi Ukraina va Gruziya uchun istalmagan yo‘l deb ko‘rib chiqilmoqda.
Bir so‘z bilan, neytralitet – panatseya emas, ichki va xalqaro omillarning murakkab birikmasi, har bir mamlakat va mintaqa uchun alohida o‘ziga xos. Avstriyalik mutaxassis Aleksandr Dubovi adolatli qayd etadiki, bu – birdan-bir maqsad emas va “davlat strategiyasini almashtirish” emas. Tadqiqotchi neytralitet xususidagi munozara “boshlang‘ich nuqta va o‘ziga xos bo‘lajak davlatchilik, siyosiy va etnik birlashmalarning milliy manfaatlarini hamda mazkur mamlakatlarning mintaqadagi roli va ularning xalqaro munosabatlarning asosiy siyosatchilari bilan munosabatlari muhokamalarining katalizatori bo‘lib xizmat qilishi mumkin”ligini aytadi.
Bunday suhbatlar mazmunli sujetlar atrofida olib borilishi va ularning navbatdagi eski duolarning takrorlanishiga aylanmasligi muhim.