Rossiya pishlog‘i va sariyog‘i eng ko‘p kimga yetkazib berilmoqda

© PixabaySir
Sir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilda Rossiyadan pishloq va sariyog‘ eksporti hajmi sezilarni oshgan. Batafsil Rosselxoznadzor hisobotida tanishing.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Rossiya 2021-yilda pishloq eksportini 20%, sariyog‘ eksportini 28%ga oshirdi. Rosselxoznadzor ushbu tendensiya bu yil ham saqlanib qolishini e’lon qilmoqda.
Rossiya 2021-yilda jami 24,37 ming tonna pishloq eksport qilgan. Asosiy importchilar quyidagilar:
Qozog‘iston - 9,83 ming tonna (+8%)
Ukraina - 8,16 ming tonna (+30%)
Belarus - 2,76 ming tonna (6%)
O‘zbekiston — 983 tonna (230%)
Ozarbayjon - 551 tonna (+240%)
Rossiyadan sariyog‘ importi hajmi ham oshmoqda. O‘tgan yilda sariyog‘ esporti jami 4,65 ming tonnani tashkil qilgan. Ushbu mahsulotning eng yirik importorlaridan biri - Ukraina. U yerga 3,05 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 37%ga ko‘p.
Shuningdek, Qozog‘istonga 771 tonna (+31%), Ozarbayjonga 318 tonna (+200%) mahsulot yetkazib berilgan.
Rossiyelxoznadzor pishloq va sariyog‘ eksporti yangi yil boshidan buyon keskin o‘sish ko‘rsatayotganini ham aytib o‘tgan. Xususan yangi yilning birinchi 20 kunida pishloq eksporti 6%, sariyog‘ eksporti 44% o‘sish namoyish qilgan.
Yangiliklar lentasi
0